Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

APL. Kuchli oltilik o‘zaro o‘yinlarda qanday natija qayd etmoqda?

APL. Kuchli oltilik o‘zaro o‘yinlarda qanday natija qayd etmoqda?

Baho:
+ | -

2023 yildan boshlab, APL muxlislari orasida bir mavzu ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. U ham bo‘lsa, "kuchli oltilik" atamasidir. Kuchli jamoalarni faqatgina oltita deyish qanchalik haqiqatga to‘g‘ri keladi? Axir, yangi mavsumdan "Nyukasl" YECHLda qatnashmoqda. "Aston Villa" va "Brayton" ham yevrokuboklarda kuch sinasha boshladi. Shunga qaramay, fakt faktligicha qoladi. Hozir ham kuchli to‘rtlik uchun eng asosiy oltita klub bor. Garchand bu qoidani "Nyukasl" o‘tgan mavsum oxirida buzgan bo‘lsa ham, yangi mavsumda "qarg‘alar"ga ishonch unchalik ham katta emas.

Ana shu oltita jamoa o‘rtasidagi uchrashuvlar doimo qizg‘in kechadi. O‘yinoldi afishalarini ko‘rsangiz, ular shunchaki dahshatli. 2023/24 yilgi mavsumda biz ularning bir qancha o‘yinlariga guvoh bo‘ldik. Ushbu to‘qnashuvlarning ko‘pi bizga kutgan haroratni taqdim etib bera oldi. O‘tgan mavsumda oltilikning o‘zaro kurashlaridagi eng yaxshi natijani amaldagi chempionlar bo‘lmish "Manchester Siti" ko‘rsatdi. "Shaharliklar" ikkinchi o‘rinni olgan "Arsenal"ni har ikki o‘yinda mag‘lub etgandi. Ammo yangi mavsumda Gvardiola shogirdlari "Arsenal" to‘sig‘idan o‘ta olmadi: ular 2015 yildan beri ilk marta "to‘pchilar"ga ligada mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu mavsumning ilk katta jamoalar to‘qnashuvi "Arsenal" va "Manchester Yunayted" o‘rtasida kechgan edi. Mikel Arteta shogirdlari 1-1 hisobidagi durangni so‘nggi daqiqalarda o‘z foydasiga hal qila oldi. Shimoliy London derbisi esa 2-2 bilan tugadi. Unda "Tottenxem" ikki bor hisobda ortda qolayotib, muvozanatni tiklay oldi. So‘nggi turdagi "Chelsi" va "Arsenal" uchrashuvida ham 2-2 hisobi qayd etildi. Bu o‘yinda Arteta jamoasi hisobda ortda qolayotib, xuddi "shporlar" singari bir ochkoni yulqib olgandi.
Kuchli oltilik kurashida ayni damda "MYU" eng yomon natija qayd etib turibdi. Erik ten Xag ikkita yirik bahsda Shimoliy London klublariga imkoniyatni bou berib qo‘ygandi. Hozirda "qizil iblislar" turnir jadvalining 8 pog‘onasini egallab turibdi. Quyida katta oltilikning o‘zaro turnir jadvali taqdim etiladi.

1. "Tottenxem"
O‘yinlar: 3 ta
G‘alabalar: 2 ta
Durang: 1 ta
Mag‘lubiyat: 0 ta
Gollar: 6 ta
O‘tkazilgan gollar: 3 ta
O‘rtacha: 2.3 ochko

2. "Arsenal"
O‘yinlar: 4 ta
G‘alabalar: 2 ta
Duranglar: 2 ta
Mag‘lubiyat: 0 ta
Gollar: 8 ta
O‘tkazilgan gollar: 5 ta
O‘rtacha: 2.0 ochko

3. "Chelsi"
O‘yinlar: 2 ta
G‘alaba: 0 ta
Duranglar: 2 ta
Mag‘lubiyat: 0 ta
Gollar: 3 ta
O‘tkazilgan gollar: 3 ta
O‘rtacha: 1.0 ochko

4. "Liverpul"
O‘yinlar: 2 ta
G‘alaba: 0 ta
Durang: 1 ta
G‘alaba: 1 ta
Gollar: 2 ta
O‘tkazilgan gollar: 3 ta
O‘rtacha: 0.5 ochko

5. "Manchester Siti"

O‘yin: 1 ta
G‘alaba: 0 ta
Durang: 0 ta
Mag‘lubiyat: 1 ta
Gol: 0 ta
O‘tkazilgan gol: 1 ta
O‘rtacha: 0.0 ochko

6. "MYU"

O‘yinlar: 2 ta
G‘alaba: 0 ta
Durang: 0 ta
Mag‘lubiyat: 2 ta
Gollar: 2 ta
O‘tkazilgan gollar: 5 ta
O‘rtacha: 0.0 ochko.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 22:03, 24.10.2023.
O'qildi: 1427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.