Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"Tottenxem" Xarri Keynsiz yaxshiroq jamoaga aylandimi?

"Tottenxem" Xarri Keynsiz yaxshiroq jamoaga aylandimi?

Baho:
+ | -

"Tottenxem" muxlislari hozir juda ham xursand. Ularning suyuklilari 2023/24 yilgi mavsumni fantastik darajada boshladi. Ammo yozda juda kamchilik "shporlar"dan bunday narsalarni kutgandi. Negaki, bu jamoa o‘tgan mavsumni so‘nggi 14 yildagi eng yomon natija bilan tugatdi. Antonio Konte ishdan ketib, o‘rniga Kristian Stellini qoldi. Mavsum yakunlangach esa, Xarri Keyn jamoa bilan xayrlashib, "Bavariya"ga o‘tdi. Shuncha muammolarga qaramasdan, "Tottenxem"ning qaytishi juda tez ro‘y berdi. To‘g‘ri, bu jamoa liga kubogi turnirini erta tark etdi. Ammo Joze Mourinyodan keyin ilk bor bu klub Postekoglu davrida barqaror natijalar qayd etmoqda. Shunday bir paytda, ko‘pchilikda savol tug‘ilishi tabiiy – haqiqatdan ham "Tottenxem" Keynsiz yaxshiroq jamoaga aylandimi? Quyida shu savolga javob izlab ko‘ramiz.

Konte va Mourinyo davrida jamoa Keynga qanchalik bog‘liq edi?

"Tottenxem" rahbariyati 2019 yilda Pochettinoni ishdan bo‘shatayotganida ko‘p narsalarni bilmasdi. Argentinalik mutaxassis bilan klub o‘zining hujumkor uslubini ham yo‘qotdi. Jamoa uslubiyati Mourinyo, keyinchalik esa Kontening qarshi hujum falsafasi ostida qayta qurildi. Bu murabbiylar himoyaviy futbol tarafdorlari edi. Ammo himoyani birinchi o‘ringa qo‘yish naf bermadi. Masalan, Pochettinoning so‘nggi mavsumida "shporlar" 39 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, bu miqdor yildan-yilga faqat oshib bordi ( 4 yilda mos ravishda 47, 45, 40, 63). So‘nggi yildagi 63 ta gol bu dahshatli ko‘rsatkich. Vaholangki, xG bo‘yicha jamoa faqat 52 ta gol o‘tkazishi kerak bo‘lgan. Bu degani, yo‘q joydan gol qo‘yib yuborish kuchayib ketgan. Keyn o‘tgan mavsumda 30 ta gol urib, jamoani sakkizinchi o‘rinda saqlab qolgandi. "Tottenxem" kutilgan gollardan 12 ta kam urgan. Bu esa jamoaning vaziyatlarni qanchalik ko‘kka sovurganini anglatadi. Xullas, Keyni bor bo‘lsa ham, na Mourinyo, na Konte davrida klub yuksalmadi. Natija gapiradigan joylarda "shporlar"ning omadi kulmayapti...

Keyn ketganidan beri Postekoglu jamoani qay darajada o‘zgartirdi?

Postekoglu qo‘lida jamoaning har bir qarichi isloh qilindi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozir ularda yangi darvozabon bor. Gulyelmo Vikario, harxolda o‘z darvozasini o‘zi ishg‘ol qilmaydi. Masalan, o‘tgan mavsumda Lyoris xatolari sababli "Tottenxem" 4 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Eng katta o‘zgarish qanotlarda qilindi. Kontening uslubidan farqli ravishda hozir ikki qanot himoyachilar bo‘lmish Destini Udoji va Pedro Porrolar asosan maydon markazi va hujum chizig‘ida paydo bo‘lmoqda. Bu narsa hujumkor futbolchilarga kattaroq hududlar ochishda qo‘l keladi. Masalan, mana shu omil sababli Bissuma va Meddisonlar hujumchilarga to‘plarni yanada aniq yetkazib berish imkoniga ega bo‘ldi. Pap Matar Sarrning raqib jarima maydonida paydo bo‘lishi esa qarshi tomon himoyasida tartibsizlik keltirib chiqarishda yordam beradi. Natijada, umumjamoa yana gol urishni "o‘rganib oldi". Oldingi yillarda gol borasida faqatgina Keyn va Songa suyanilar edi xolos. Hozir maydon markazida oldinlari Son va Keyn yaratadigan vaziyatlar Meddison tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu sababli, "Tottenxem" yana APLdagi eng xavfli jamoalardan biriga aylandi. Bekorga yetakchilik shu jamoaning qo‘lida emas. Postekoglu nima qilishni yaxshi biladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:56, 28.10.2023.
O'qildi: 1118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.