Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Andijon" Ulug‘bek Mirzayev o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

"Andijon" Ulug‘bek Mirzayev o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

Baho:
+ | -

Ayni paytda "Andijon" klubi bosh homiysi hisoblangan “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan jamoaga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, mahalliy iqtidorli yoshlarni tarbiyalash, bu orqali terma jamoalarimizga munosib kadrlar yetkazib berish ham asosiy vazifalardan biri. Bunga javoban “Burgutlar” chempionatda raqobatbardosh jamoa sifatida o‘z muxlislarini xursand qilish uchun astoydil kurashmoqda. Bundan keyin ham jamoani har tomonlama rivojlantirish, istiqbolli rejalar tuzilgan holda “Andijon” FKni yangi bosqichga olib chiqilishi belgilab olingan strategiyaning ajralmas qismi hisoblanadi.

Shu maqsadda “Andijon” klubiga yangi bosh direktor tayinlandi. “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi rahbariyati tomonidan Elbek Samatov “Andijon” futbol klubi bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

"35 yoshli ushbu mutaxassisni ishqibozlarimiz yaxshi biladilar. Boisi, Elbek Abdurauf o‘g‘li bungacha ham “Andijon” klubida sport direktori lavozimida ish olib borgan. 2021 yilning yarmida jamoada faoliyatini boshlagan va joriy yilgacha davom ettirgan. Endilikda esa Elbek Samatov “Andijon” klubiga bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida qaytdi.

Yangi lavozimda Samatovga muvaffaqiyat tilaymiz va ishonamizki, “Andijon” klubi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini sharaf bilan bajargan holda muxlislarini quvontiradi" - deyiladi "Andijon" futbol klubining rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 16:42, 30.10.2023.
O'qildi: 1970 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик