Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Samvel Babayan mag‘lubiyat sabablarini tushintirdi

Samvel Babayan mag‘lubiyat sabablarini tushintirdi

Baho:
+ | -

Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun mamlakatimizning ikki eng kuchli jamoasi to‘qnash keldi. O‘yin yaxshi, qiziqarli, kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Natija adolatli bo‘lmadi. Jamoamiz mag‘lubiyatga loyiq emasdi. Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmadik. Aslida yomon o‘yin ko‘rsatmadik.

O‘z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida mag‘lubiyatga uchrash ikki baravar og‘ir, albatta. Natija uchun hammadan uzr so‘rayman. Yigitlarga e’tirozim yo‘q, ular kerakli natijani qayd etish uchun qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi. Ammo baxtga qarshi bugun omad bizdan yuz o‘girdi.

Tabatadze jarohatidan forig‘ bo‘lib, safimizga qaytishga yaqin, Jokich esa bugun maydonga tushdi. Muddatidan avval ularni o‘ynata olmaymiz. Ayni paytda ular tiklanish jarayonini olib borishmoqda. Afsuski, Tabatadzeni kubok yarim finalida maydonga tushirib, jarohatini og‘irlashtirib oldik. U ayni paytda tiklanish jarayonida. Keyingi mashg‘ulotlarda Tabatadze umumiy guruh bilan ishtirok etadi va tez kunlar ichida maydonga qaytadi. Yaxshiboyevga keladigan bo‘lsak, u ham davolanyapti. Lekin bu jarohat bilan bog‘liq emas. Hoshimov haqida esa oldin ham to‘xtalib o‘tganman, uning operasiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi, ammo Davron bu yil bizga yordam bera olmaydi.

Mo‘minovga keladigan bo‘lsak, u “Navbahor”ning eng iqtidorli yigitlaridan biri. Jamoa kelajagi. Bugun shunday og‘ir bahsda Mo‘minovni maydonga tushirishga majbur bo‘ldik. U vaziyatlarda yomon ko‘rinmadi, bir vaziyatda golga assistentlik qilishi ham mumkin edi. Lekin o‘sha vaziyatda, Golbanning zarbasidan so‘ng, afsuski, gol urolmadik. Iqtidorli yigitlarimiz etarlicha.To‘rt nafar futbolchimiz JCHda “Navbahor” nomidan ishtirok etishadi.

Oston asosiy tarkib va terma jamoa futbolchisi. Oston og‘riq bilan maydonga tushyapti. U jamoaga yordam berishni xohlayapti. Barcha muhim o‘yinlarda jamoamiz mag‘lubiyatga munosib emasdi. Omadimiz kelmayapti. Qayerdadir omadimiz kelishi kerak-ku. Aybni o‘zimizdan qidirishimiz kerak. Bugun zaxiramizdan to‘liq foydalandik, tan olish kerak, bor kuchimiz shu. Yigitlar o‘yin davomida yaxshi harakat qilishdi. Afsuski, to‘p raqib darvozasiga kirmayapti. Bu futbol. Balki keyingi bahslarda omad kular.

Biz uchta frontda kurashishga harakat qildik. Afsuski, bizdagi tarkib barcha turnirlarda bir xil o‘ynashga imkon bermadi. Uch frontda kurashish qiyin. Ruhan va jismonan tiklanish hamda tayyorlanish qiyin bo‘ldi. Bu vaziyatda nima qilish kerak? Muhim bahslarda o‘yinni kuchaytira oladigan yoshlarni tayyorlash kerak”, – dedi Babayan.

Kiritildi: 06:08, 31.10.2023.
O'qildi: 1857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.