Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

OKMKning bunday mag‘lubiyatiga OFK aybdor!

OKMKning bunday mag‘lubiyatiga OFK aybdor!

Baho:
+-2 | -1

OKMKning mag‘lubiyati shunchaki dahshatli. OKMKni oqlamoqchi emasman. Lekin¸ bu mag‘lubiyatning aybini yarmidan ko‘pini OFK o‘z bo‘yniga olsa ham bo‘ladi. Ayniqsa, yuridik bo‘lim. Tushunamiz yuridik bo‘limda futbolga aloqador insonlar emas, yuristlar o‘tirishadi. Ular futbolchi charchab, horib futbol o‘ynay olmasligini tushunishmaydi. Ular qaror chiqarishadi tamom.

Lekin¸ futbol o‘ynagan insonlar, futbolni ichidagilar biladi — futbolchilar uchun OKMK bosib o‘tgan yo‘l bu shunchaki dahshat. O‘yinga yetib borguncha dam olib, kuch yig‘ish o‘rniga, vaqtini yo‘lda o‘tkazgan jamoadan boshqa narsa kutish mumkin ham emas edi. Faraz qilyapsizmi, o‘yindan bir kun oldingi rasmiy mashg‘ulot ham o‘tkazilmagan. Murabbiylar rasmiy mashg‘ulotni 15 daqiqa ko‘proq o‘tkazish uchun qancha janjal qilishadi, bu yerda esa umuman mashg‘ulot yo‘q.

Kimdir aytishi mumkin: "G‘urur bormi o‘lguncha o‘ynamaysanlarmi?" deb, lekin ishoning, oyoqlaringiz sizga bo‘ysunmaganda, hech narsa qila olmaysiz. O‘yin vaqti futbolchining tomir urishi 200 dan yuqoriga chiqadi. Shu tempda o‘ynab berishi uchun murabbiylar futbolchini bir hafta oldin o‘yinga tayyorlashni boshlaydi. Solishtirish uchun oddiy insonni tomir urushi 70 dan 100 gacha bo‘ladi. Kecha OKMKda esa shu narsa yo‘l sabab ishdan chiqib bo‘ldi. Qayerdadir yugurmaydi, qayerdadir ulgurmaydi, qayerdadir yetib bora olmaydi. LCHda esa bunday xatolar kechirilmaydi. OKMKni "tupik"ka tiqib qo‘ygan OFK futbolni ko‘tarmoqchi bo‘lsa, futbolga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishi kerak. Shu o‘yinni bir kun keyin qilsa ham bo‘lar edi, masalan.

Aytgancha, yaqinda O‘zbekiston terma jamoasi ham Turkmanistonda Jahon chempionati saralash o‘yinini o‘tkazadi. Kecha "Paxtakor" shu maydonda mashg‘ulot o‘tkazdi. Maydon shunchaki dahshat. Tushunishingiz uchun misol keltiraman. O‘rtoqlaringiz bilan futbol o‘ynamoqchi bo‘lsangiz bo‘sh bo‘lgan duch kelgan bo‘sh sun’iy maydonni gaplashib futbol o‘ynaysizlar-ku. Terma jamoa o‘ynaydigan maydon xuddi shunday maydon. Bu maydonni qanday qabul qilish mumkin edi, tushunarsiz.

Terma jamoasi Jahon chempionati saralashida o‘ynaydigan jamoa normal maydon qila olmas ekan, nimaga kerak unda saralashda o‘yin o‘ynab?

Avvalo munosabatni o‘zgartirishimiz kerak. Keyin boshqalardan ham shularni talab qilishimiz kerak.

Har holda terma jamoa o‘yinlarni bu millat jamoasidir. Ularni bunday maydonda futbol o‘ynashga majburlash bu futbolni ustidan kulishdan boshqa narsa emas.

Ravshan Salimov.

Manba: https://t.me/Salimov_football
Kiritildi: 16:43, 07.11.2023.
O'qildi: 32711 marta.
Fikrlar: 71 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.