Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Aleksandr Krestinin: “Raqib kuchli futbolchilardan tashkil topgan jamoa hisoblanadi”

Aleksandr Krestinin: “Raqib kuchli futbolchilardan tashkil topgan jamoa hisoblanadi”

Baho:
+ | -

Superligasining 24-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Kristinin ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. “Qaldirg‘ochlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Barchaga xayrli kech! Avvalo, “Navbahor” va jamoa muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin qiyin o‘tdi, chunki raqib kuchli futbolchilardan tashkil topgan jamoa hisoblanadi. Hujumdagi o‘yinimiz biroz o‘xshamadi. Vaziyatlar bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadik.

- Bugun shogirdlaringiz yaxshi taassurot qoldirib, himoyaga yotib olishmadi va futbol o‘ynashga harakat qilishdi. Jamoangizga hujumlarni yakunlashda nima yetishmadi, deb o‘ylaysiz?

- Nega bunday bo‘lganini tahlil qilish lozim, mantiqan noto‘g‘ri qarorlar qabul qilindi. Hammasini ko‘rib chiqamiz.

- Jamoadagi futbolchilardan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?

- Men kimnidir yaxshi yoki yomon deya olmayman. Hozir tarkibda kim bo‘lsa, ular bilan ishlayapmiz. Yigitlar imkoni boricha harakat qilishmoqda. Biror futbolchini yaxshi yoki yomon o‘ynayapti, demayman. 

- Superliganing ushbu mavsumdagi darajasi haqida nima deya olasiz?

- Birinchi davra haqida hech narsa deya olmayman, chunki sababini bilasiz. Chempionat darajasi yaxshi, mavsum juda qiziq o‘tmoqda.

Bunyodkorning ikkinchi davradagi eng yaxshi va eng yomon o‘yini qaysi bahslar bo‘ldi?

- Hali oldinda ikkita uchrashuv bor, eng yaxshisi yoki eng yomoni hali oldindadir.

- Kelasi mavsum ham sizni jamoada ko‘ramizmi?

- Bilmayman. Klub bilan shartnomam joriy mavsum yakunigacha tuzilgan. Buni klub rahbariyati hal qiladi. 

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 07:09, 12.11.2023.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик