Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Abbos Fayzullayev bugun maydonga tushsa, terma jamoamizga foyda keltiradi

Abbos Fayzullayev bugun maydonga tushsa, terma jamoamizga foyda keltiradi

Baho:
+ | -

Men avval agentlik haqida yozgandim, "o‘zim ham agent bo‘lib ishlaganman", deb aytdim. Shuning uchun bugungi o‘yinimiz oldidan yana shu mavzuga bog‘lab fikrlarimni o‘troqlashmoqchiman.

Ish davomida har xil shartnomalarni ko‘rganman va ba’zilari meni hayron qoldirgan bo‘lsa, ba’zi shartnomalardagi moddalar o‘zim ko‘rmasam ishonmaydigan darajada g‘ayrioddiy tuyulgan. Masalan, o‘sha mashhur "Barselona" futbolchilari o‘zi oyoq tirnog‘ini olishi mumkin emasligi va bu ularning shartnomasida yozilgan bo‘lishi, oyoq tirnog‘ini faqat klubning yollangan vakillari olib qo‘yishi" haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak.

Terma jamoamizda legioner o‘yinchilar ko‘payib boryapti, bu yaxshi. Ular o‘zlari bilan chet tajribalarini, chet malakalarini olib kelishadi, bu albatta chetga borganda erishiladigan “yaxshiroq o‘yinchi bo‘lish” degan asosiy yutuqqa qo‘shimcha bonus biz uchun.

Legionerlarimiz sababli bizga vitaminlar kirib keldi – esingizda bo‘lsa chet klublaridagi o‘yinchilarimizning tavsiyalari bilan vitaminizasiya kuchaygandi bizda bir necha yil avval, buni futbol ichida yurganlar yaxshi eslashadi.

Bugun bo‘ladigan o‘yin sun’iy maydonda o‘tadi va bunda men Fayzullayevning Moskva klubida o‘ynayotganidagi foydani sezyapman. Agar u takibda tushadigan bo‘lsa, SSKA stadionidagi sun’iy qoplama aralashmasiga o‘rganib ketgani bizga terma jamoamizda foyda bergan bo‘ladi, ko‘rasiz.

Lekin ikkinchi tomondan, sun’iy maydon biz kutmagan boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin – masalan Alijonov sun’iy maydonda o‘ynashiga ishonmayman, jarohati sababli o‘zini himoya qilib bugun maydonga tushmasa kerak. Kim biladi, balki yana boshqa o‘yinchilar ham qo‘shilar bunga o‘zlari xohlab yoki xohlamasdan. Agar Masharipovning yangi jamoasi bilan shartnomasida “sun’iy maydonda o‘ynash mumkin emas” deb yozilgan bo‘lsa kim buni o‘zgarta oladi, ayting-chi? Agar shunaqa sabab bilan u bugun o‘yinga tushmasa va bizga uning yordami yetmay, Xudo ko‘rsatmasin, ochko yo‘qotsak, kimni so‘kamiz. Sun’iy maydon tanlagan turkmanlarnimi, shu maydonni tasdiqlagan OFKnimi yoki Masharipovning shartnomasini tuzgan Grek klubi huquqshunosinimi?

Nima bo‘lganda ham qiziq o‘yin kutyapti bizni. Jamoamizga omad!

Ravshan Salimov.

Manba: https://t.me/Salimov_football
Kiritildi: 15:00, 16.11.2023.
O'qildi: 2729 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.