Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

U-17 JCH. O‘zbekiston Ispaniyaga qarshi o‘yinda 2 ta gol farqini yo‘qqa chiqarib, durang qayd etdi

U-17 JCH. O‘zbekiston Ispaniyaga qarshi o‘yinda 2 ta gol farqini yo‘qqa chiqarib, durang qayd etdi

Baho:
+ | -

U-17 jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida O‘zbekiston yoshlari 16 noyabr, payshanba kuni Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasida ispanlar hujumkorlik namoyish etib, 2 ta gol urdi. Dastlab, 10-daqiqada Igor Oyono hisobni ochgan bo‘lsa, 19-daqiqada Roberto Martin ispanlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqada Behruz Shukurullayev hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘zbekistonliklar faollik ko‘rsatdi va hisobni tenglashtirdi. 53-daqiqada Karimovning uzatmasidan so‘ng Amir Saidov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi. Biroq, o‘yindan tashqari holat borligiga shubha qilinib, hakam VARga murojaat qildi. VAR esa golni inobatga oldi.

Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi va O‘zbekiston ochkolarini 4 taga yetkazib, "B" guruhida 3-o‘rinni band etdi. Jamoamiz nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritganini rasman e’lon qilish uchun qolgan guruhlarda so‘nggi tur natijalarini kutishimiz kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 1-turda Maliga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 2-turda esa Kanada 3:0 hisobida taslim etilgandi.

U-17 Jahon Chempionati, "B" guruhi, 3-tur bahsi
16 noyabr, payshanba
O‘zbekiston U-17 – Ispaniya U-17 - 2:2
Gollar: 0:1 — 10 Igor Oyono, 0:2 — 19 Robert Marin, 1:2 — 45+4 Behruz Shukurullayev, 2:2 — 53 Amir Saidov.
O‘zbekiston U-17: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 4. Behruzjon Karimov (18. Jasur Hikmatullayev, 56) 5. Azizbek To‘lqinbekov, 7. Lazizbek Mirzayev, 8. Behruz Shukurullayev, 9. Amirbek Saidov (14. Shodiyor Shodiboyev, 86), 13. Behruz Jumatov, 16. Muhammadali Reimov, 17. Ollabergan Karimov (3.YAhyo O‘rinboyev, 86), 19. Sherzod Abdulboriyev, 20. Dilshod Abdullayev.
Ispaniya U-17: 1. Raul Ximenes, 4. Yon Martin, 7. Pablo Lopes (19. Daniel Yanez, 64) 8. Roberto Martin, 11. Peio Xuestamendia (20. Yago Paulo, 74) 12. Igor Oyono (9. Mark Guiu,79) 14. Izan Merino, 15. Andres Kuenka, 16. Mark Bernal (8. Pau Prim, 64), 17. Oskar Mesa, 18. Kuim Junent (10. Xuan Ernandes, 64).
Ogohlantirish: Yon Martin (47).

Kanada U-17 – Mali U-17 - 1:5

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-yatT-NOchko
1 Ispaniya 3 2 1 0 5-2 7
2 Mali 3 2 0 1 8-2 6
3 O‘zbekiston 3 1 1 1 5-5 4
4 Kanada 3 0 0 3 1-10 0

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:17, 16.11.2023.
O'qildi: 5375 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.