Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘rtoqlik uchrashuvi. "Neftchi" Tojikiston klubini o‘ta yirik hisobda yengdi

O‘rtoqlik uchrashuvi. "Neftchi" Tojikiston klubini o‘ta yirik hisobda yengdi

Baho:
+ | -

Superliganing navbatdagi tur bahsiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" bugun xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida Tojikistonning "Esxata" klubi bilan maydonda o‘zaro kuch sinashdi. Ta’kidlash joiz, bugungi raqiblar yozgi tanaffus paytida ilk bor Farg‘onada yuzlashishgan bo‘lib, mazkur uchrashuv 4:0 hisobida farg‘onaliklar foydasiga hal bo‘lgan edi.
Bugungi bellashuv ham to‘liq mezbonlar ustunligida o‘tdi. O‘yinda hisob 30-daqiqada G‘ulom-Haydar G‘ulomovning olisdan yo‘llagan kuchli zarbasi orqali ochildi 1:0. Ko‘p o‘tmay navbatdagi kombinasion hujum amalga oshgach, "Neftchi"ning gruziyalik legioneri mehmonlarning qurshovida to‘pni egallab olib darvozani aniq nishonga oldi 2:0. Shundan so‘ng "yo‘lbarslar"da darvozani ishg‘ol etish uchun bir nechta qulay imkoniyat paydo bo‘lganiga qaramay tanaffusga qadar hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limda Levchenko tarkibda o‘zgarishlarni amalga oshirib, yosh o‘yinchilarni maydonga tushirdi va bu o‘zgarishlar tez orada o‘z mevasini berdi. Ulug‘bek Xoshimov tezkor hujumlardan unumli foydalanib, ketma-ket ikkita to‘p kiritib, hisobni yirik 4:0 ko‘rinishiga olib chiqdi. Kiritilgan gollardan so‘ng jamoaning hujumkorligi davom etgan pallada sahnaga yosh iqtidor egasi Doniyor Valiyev kirib keldi. Chap qanotdan Izzatilla Abdullayev tomonidan katta tezlikda tashkil etgan  hujumi va havolatib oshirib bergan uzatmasiga Doniyor Valiyev baland sakragan holda boshi bilan chiroyli tarzda to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi 5:0.
Uchrashuv yakuniga qadar farg‘onaliklarda darvozani ishg‘ol etish uchun ko‘plab qulay imkoniyatlar yaratildi, lekin ushbu vaziyatlardan futbolchilar samara topa olishmadi va yirik 5:0 hisobi o‘zgarishsiz qoldi.

XALQARO O‘RTOQLIK UCHRASHUVI.
15:00 "Istiqlol" stadioni
"NEFTCHI" (O‘zbekiston) 5:0 "ESXATA" (Tojikiston)
Gollar:  G‘ulomhaydar Gulyamov 30 1:0, Georgiy Nikabadze 33 2:0, Ulug‘bek Xoshimov 46 3:0,  Ulug‘bek Xoshimov 51 4:0, Doniyor Valiyev 66 5:0.
Hakamlar: Olim To‘ychiboyev, Shoxrux A’zamov, Shaxboz Vaxobjonov.

"Neftchi" birinchi bo‘limda:
12.Vladimir Nazarov, 21.Muxsin Ubaydullayev,
20.Anvar G‘ofurov, 26.Aleksey Larin, 7.Umar Adxamzoda (Doniyor Valiyev), 19.Mirzoxid G‘ofurov (s), 24.G‘ulomhaydar Gulyamov, 23.Diyor Turopov, 70.Abbos G‘ulomov, 77.Bilolxon Toshmirzayev, 22.Georgiy Nikabadze( Ulug‘bek Xoshimov 40)

"Neftchi" ikkinchi bo‘limda:
45.Akbar To‘rayev(s), 26.Aleksey Larin(Bachana Arubuli 70), 14.Rahmonjon Ro‘ziyev,  5.Tomislav Mrchela, 10.Sunnatilla Abdullajonov, 17.Abdulloh Olimov, 28.Fozil Musayev, 11.Izzatilla Abdullayev, 9.Ulug‘bek Xoshimov, 24.G‘ulomxaydar G‘ulomov (Nodirxon Ne’matxonov 70), 66.Doniyor Valiyev.

Bosh murabbiy:  Vitaliy Levchenko

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:39, 16.11.2023.
O'qildi: 2885 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.