Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 20:00 Yaponiya 2-3 Avstraliya
10/04 20:00 Vyetnam 1-1 BAA
10/04 22:15 Afg‘oniston 0-2 Indoneziya
10/04 22:15 Janubiy Koreya 1-0 Yaman
11/04 22:15 Eron - Tojikiston
11/04 22:15 Ummon - KXDR
11/04 23:45 Udineze - Milan
12/04 00:00 Valensiya - Sevilya
12/04 16:30 Manchester Siti - Kristal Pelas
12/04 17:00 Real Sosyedad - Malyorka
12/04 18:00 Venetsiya - Monsa
12/04 19:00 Sautgempton - Aston Villa
12/04 19:00 Brayton - Lester
12/04 19:00 Nottingem Forest - Everton
12/04 21:00 Inter - Kalyari
12/04 21:30 Arsenal - Brentford
12/04 21:30 Selta - Espanyol
12/04 23:45 Yuventus - Lechche
13/04 00:00 Leganes - Barselona

Fransiya U17 terma jamoasining JCH-2023dan diskvalifikasiya qilinishi talab qilinmoqda

Fransiya U17 terma jamoasining JCH-2023dan diskvalifikasiya qilinishi talab qilinmoqda

Baho:
+ | -

Senegal 22 noyabr kuni JCH-2023 1/8 finalida Fransiya bilan o‘yinning asosiy vaqtida 0:0 hisobini qayd etib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. Senegal mundialdagi ishtirokini to‘xtatib, turnir bilan xayrlashgan bo‘lsa-da, mamlakat futbol federasiyasi Fransiyaning ham chorakfinalda o‘ynashiga qarshi chiqmoqda va buni FIFA reglamentining qo‘pol tarzda buzilishi deya hisoblamoqda.

Avvalroq, Fransiya o‘smirlar jamoasi hujumchisi Yannis Issufu JCH-2023 Afrika saralash bahsi doirasida Niger o‘smirlar jamoasi safida maydonga tushgani ma’lum bo‘lgandi. FIFA qoidalariga ko‘ra esa, futbolchining bir turnirda ikki jamoa safida o‘ynashi qat’iyan man etilgan. Shundan kelib chiqilsa, FIFA reglamentiga binoan Fransiya o‘smirlar jamoasi turnirdan diskvalifikasiya qilinishi lozim.

«Ushbu futbolchi FIFA bayrog‘i ostida o‘tadigan bir xil yosh toifasidagi ikki rasmiy turnirda ikki xil jamoa safida maydonga tushgan. Ammo FIFA nizomi va futbolchilarning transfer qoidalarida «futbolchi avvalgi assosiasiyasi bilan ishtirok etgan turnirlarda yangi assosiasiyasi bayrog‘i ostida ishtirok eta olmaydi», deya aniq va ravshan qilib ko‘rsatilgan. Bu qoidaga zid. Qolaversa, U17 Jahon chempionati reglamentida barcha futbolchilar FIFA nizomiga muvofiq turnirda ishtirok etishi shartligi belgilangan.

Shunday ekan, yuqoridagilarni inobatga olgan holda bu turnirda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmagan o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olgani va turnirda ro‘yxatdan o‘tkazgani uchun Fransiyaning JCH-2023dan diskvalifikasiya qilinishini qat’iy so‘raymiz», - deyiladi Senegal futbol federasiyasining FIFAga yo‘llagan bayonotida.

Sport News Africa nashri xabariga binoan, dastlab Burkina-Faso guruh bosqichida fransuzlardan mag‘lubiyatga uchragandan keyin bu borada arz qilgach, Fransiya futbol federasiyasi «Monpelye» klubi hujumchisi sanalmish Yannisning Niger o‘smirlar jamoasi safida musobaqaning saralash bosqichida maydonga tushganidan xabari bo‘lmagani haqida ma’lum qilgan.

L'Equipe xabariga ko‘ra, Fransiya o‘smirlar jamoasi bosh murabbiy Jan-Lyuk Vannuki aynan diskvalifikasiya ehtimoli tufayli Yannis Issufuni Senegalga qarshi nimchorakfinal o‘yini oldi tarkibdan chiqargan.

Ma’lumot uchun, Fransiya o‘smirlar jamoasi chorakfinalda O‘zbekistonga qarshi maydonga tushishi lozim. O‘yin 25 noyabr kuniga belgilangan. FIFA bu borada hozircha rasmiy bayonot berishdan tiyilmoqda.

Kiritildi: 22:17, 23.11.2023.
O'qildi: 7443 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz