Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Mirjalol Qosimov: "Bunday katta nomlarni kerak bo‘lsa, pul to‘lab ham olib kelolmaysiz"

Mirjalol Qosimov: "Bunday katta nomlarni kerak bo‘lsa, pul to‘lab ham olib kelolmaysiz"

Baho:
+ | -

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov OCHL 5-turi doirasidagi "Al-Ittihod"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Ertaga juda katta jamoaga qarshi maydonga chiqamiz. Bu Olmaliq shahri uchun tarixiy kun. Bilasiz, 4-turdan keyin guruhdan chiqish imkoniyatini to‘la yo‘qotdik. Shu sababli yigitlarda hech qanday bosim yo‘q.

Yo‘qotishlarga keladigan bo‘lsak, Ruben Sanchez va Shohruh Gadoyev jarohat tufayli ertaga bizga yordam bera olishmaydi. Akrom Komilov esa diskvalifikasiya qilingan.

Bunday katta nomlarni kerak bo‘lsa, pul to‘lab ham olib kelolmaysiz. Biz o‘z mehnatimiz evaziga buni uddaladik. Ertaga stadionga muxlislarning katta oqimi kutilyapti. Ularning oldida yopiq o‘yin ko‘rsatsak yarashmaydi. Benzema yoki qaysidir futbolchini personal ravishda yopishga emas, jamoaviy futbol ko‘rsatishga harakat qilamiz", - dedi Qosimov.

Eslatib o‘tamiz, bahs 27 noyabr kuni 21:00 da start oladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 20:59, 26.11.2023.
O'qildi: 3990 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.