Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Sardor Abdunabiyev: "Chiroyligi men uchun qiziq emas, muhimi ko‘proq gol urib jamoamga yordam berish"

Sardor Abdunabiyev: "Chiroyligi men uchun qiziq emas, muhimi ko‘proq gol urib jamoamga yordam berish"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Andijon”ning joriy yilgi mavsumdagi dastlabki goli muallifi – Sardor Abdunabiyev deyarli chempionat yakunida o‘zining ikkinchi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Safarda “Turon” bilan bo‘lib o‘tgan bahsda qo‘shib berilgan daqiqaning oxirida yakkama-yakka holatga chiqdi va bundan ustalik bilan foydalana oldi.

E’tiborlisi, u ikkinchi golini sobiq klubi darvozasiga kiritdi. O‘tgan yili pro ligada aynan “Turon” sharafini himoya qilgan. Sardorga ayrim savollar bilan murojaat qildik.

— Sardor, "Andijon"ning ushbu mavsumdagi ilk goli muallifisiz. Qarshida "Nasaf"ga chiroyli gol urgandingiz. Deyarli chempionat yakunida yana gol urdingiz. Buni qanday izohlagan bo‘lardingiz?
— “Turon” bilan o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan jamoadoshlarim va muxlislarimizni tabriklayman. To‘g‘ri, mavsumning birinchi o‘yinida kiritgan golim balki chiroyli chiqqan bo‘lishi mumkin. Lekin o‘sha birgina gol bilan qolib ketdim. Bu men uchun yomon natija edi. Oddiy gol bo‘lsa ham, gollarim ko‘proq bo‘lsa yaxshi. O‘sha chiroyli golimni oddiy urilgan 5 ta golga almashgan bo‘lardim. Bu men uchun afzal. Ammo “Andijon” safida gol urish ham oson emas.

— Shuningdek, o‘tgan yili ijara hisobida "Turon"da to‘p surgansiz. Siz esa sobiq jamoangizga gol urdingiz. Buni kutganmidingiz?
— Mavsum boshida gol urgandim va men uchun ikkinchi gol juda zarur edi. Ammo buni amalga oshirishim ancha qiyin kechdi. Aksiga olib menda golli vaziyatlar ham kam bo‘ldi. Ha, imkoniyatlar bo‘ldi desam ham bo‘ladi. Lekin ayrim paytlarda omad yetishmagandir yoki o‘zim pand bergandirman. Men uchun bitta gol qoniqtirmasdi. Chiroyligi men uchun qiziq emas, muhimi, ko‘proq gol urib jamoamga yordam berish. Har doim gollarimni ko‘paytirish va bu orqali “Andijon”ga yordam berish niyatida bo‘lganman. Ha, ilgari “Turon” sharafini himoya qilganman. Bu klubda yaxshi xotiralar qolgan. U yerdagi sharoitlar futbolga xos. “Turon”dagi imkoniyatlar yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan darajada. “Turon” yaxshi jamoa.

— Qizig‘i, sizga darvozabon Eldor Adhamov assist vazifasini bajardi. O‘shanda to‘p raqib himoyachisidan o‘tib sizga kelishini va yakkama-yakka chiqishingizni o‘ylaganmidingiz?
— O‘sha vaziyatda darvozabonimiz Eldor Adhamov to‘pni yaxshi tepib berdi. Shahboz Erkinov esa mahoratini ishga soldi va meni oldinga yugurayotganimni his qilib, to‘pga tegmasdan o‘tkazib yubordi. O‘shanda Erkinovni tajribasi qo‘l keldi. Yakkama-yakka vaziyatdan foydalanmasam bo‘lmasdi.

— Bu mavsumda "Andijon"ning ishtirokini qanday baholaysiz?
— “Andijon” klubida ajoyib futbolchilar yig‘ilgan. Jamoamiz bundan ham yuqori o‘rinlardan birini egallashga qodir. OKMK bilan o‘yin finalga xos bo‘lgandi. O‘sha bir uchrashuv bilan yanada yuqoriga yoki pastga tushib ketish mumkin edi. Balki o‘sha bahsda yutganimizda hozir kuchli uchtalik yoki to‘rttalik uchun kurashayotgan bo‘lardik. Hozirgi natijamiz ham yomon emas, hamisha muxlislarimizni xursand qilish uchun o‘ynaymiz va biz mavsumni g‘alaba bilan tugatmoqchimiz.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:51, 28.11.2023.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.