Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Jorje Jezush: “Navbahor” 16 ta eng kuchli jamoa orasida bo‘lishi kerak”

Jorje Jezush: “Navbahor” 16 ta eng kuchli jamoa orasida bo‘lishi kerak”

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi, “D” guruhi, 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Al-Hilol” (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Jorje Jezush va yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichlar qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

Mehmonlar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Yaxshi o‘yin o‘tkazdik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Keyingi bosqichga chiqdik va bor e’tiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz.

- “Navbahor” jamoangizga qarshi kechgan ikki uchrashuvda ham zich holda himoyalandi. “Navbahor”ning himoyasini yorib o‘tish qanchalik qiyin bo‘ldi?

Sergey Milinkovich-Savich: - Murabbiyning barcha ko‘rsatmalarini bajardik va qoniqarli natijaga erishdik. O‘yin avvalida raqib bizni qiynab qo‘ydi, ammo gol urib olganimizdan so‘ng, bellashuv ancha hujumkor tus oldi. “Navbahor” jamoasi ikki uchrashuvda ham ancha tartibli o‘yin namoyish etdi.

- Namangan shahri haqida nima deya olasiz? Jamoa haqida ham fikringizni bildirib o‘tsangiz?

Sergey Milinkovich-Savich: - Shaharni aylanishga deyarli vaqt bo‘lmadi, sababi biz faqatgina ikki kun shu yerda bo‘ldik va mehmonxonadan chiqmadik. “Navbahor” esa ancha yaxshi jamoa ekan. Biz ham yaxshi o‘yin namoyish etganligimiz bois, zafar quchdik.

- “Navbahor”ga qarshi kechgan birinchi uchrashuvdan so‘ng jamoani yaxshi o‘rganib chiqqaningiz sezildi. Birinchi o‘yindan qanday xulosalar chiqardingiz?

Jorje Jezush: - Ha, birinchi uchrashuv biz uchun qiyin o‘tgandi. Qarshi hujumlarga e’tibor qaratdik. Futbolchilarning maydondagi harakatlari va to‘p bilan muomalani kuchaytirishimiz kerak edi.


- O‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallagan uchta jamoa “pley-off” bosqichiga chiqadi. Sizningcha, “Navbahor” keyingi bosqichga chiqishga loyiqmi?

Jorje Jezush: - “Navbahor”ning yana bitta o‘yini bor. Fikrimcha, “Navbahor” jamoasi keyingi bosqichga chiqishga loyiq.

- OCHL guruh bosqichiga qur’a tashlanganidan so‘ng, “Al-Hilol”ga ancha oson raqiblar tushgandi. Ushbu guruhda “Al-Hilol”dan tashqari barcha jamoalar OCHLda debyut qilishdi. “Navbahor”ning jamoangizga katta muammo bo‘la olishini kutganmidingiz?

Jorje Jezush: - “Navbahor” 16 ta eng kuchli jamoa orasida bo‘lishi kerak. Jamoangiz bizni hayron qoldirdi va ular ushbu musobaqada “syurpriz” bo‘la oladi.

- “Navbahor” tarkibidagi qaysi futbolchi sizda yaxshi taassurot qoldirdi?

Jorje Jezush: - Men aynan qaysidir futbolchini ko‘rsatib o‘tolmayman. Lekin “Navbahor” jamoa sifatida juda yaxshi shakllangan. “Navbahor” haqida faqatgina yaxshi fikrlar ayta olaman.

- Salim Al Dovsari jamoaning shtatli penaltichisimi? U bugun ikkita penaltidan foydalana olmadi...

Jorje Jezush: - Bugun ikkita penaltidan birini golga aylantira oldik va eng muhimi shu.

Kiritildi: 10:37, 29.11.2023.
O'qildi: 2828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик