Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Yovan Jokich: «Bo‘lajak o‘yindagi g‘alaba «Navbahor»ning Superliga–2023dagi ajoyib xotimasi bo‘ladi»

Yovan Jokich: «Bo‘lajak o‘yindagi g‘alaba «Navbahor»ning Superliga–2023dagi ajoyib xotimasi bo‘ladi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning serbiyalik  31 yoshli tajribali yarim himoyachisi Yovan Jokich bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bo‘lajak o‘yin “vodiy derbisi” maqomiga ega. Bunday saviyadagi bahslar esa doimo shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan. Bo‘lajak bellashuvning ham shunday ruhda o‘tishi ehtimoli yuqori. Boisi, bu joriy mavsumning so‘nggi o‘yini hamda har bir jamoa oxirgi uchrashuvda ijobiy natijani qayd etishni xohlaydi.Bundan tashqari,bo‘lajak bahsdagi g‘alaba har ikki jamoa uchun juda muhim va sovrinli o‘rinlarni taqdim etadi.

Shuning uchun bo‘lsa kerak, mazkur o‘yinga xorijlik hakamlar tayinlandi.    

“Al-Hilol”ga qarshi kechgan bahsda muxlislarni ranjitib qo‘ydik. Shu bois, bo‘lajak o‘yinda g‘alaba qozonib, Cuperliganing joriy mavsumini muvaffaqiyatli tarzda yakunlab, milliy chempionatimizning bu yilgi so‘nggi o‘yinida muxlislarimizga quvonch ulashishga intilamiz va buni amalga oshirish  uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Maydonga esa g‘alaba ishtiyoqida tushamiz.

Faqatgina ushbu bellashuvda ishqibozlardan jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, zafarimizni birgalikda nishonlashlarini so‘rab qolaman.

Bo‘lajak o‘yindagi g‘alaba “Navbahor”ning Superliga–2023dagi ajoyib xotimasi bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, xuddi o‘tgan yildagidek, joriy mavsumda ham  jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib bergan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. “Navbahor”ning zafarlarida ularning ham munosib hissalari bor.

So‘zim yakunida esa “Navbahor”ning yubiley – 1500-golini urib, klub tarixiga kirganligimdan xursandligimni izhor etmoqchiman", — dedi Jokich “Navbahor” matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:19, 30.11.2023.
O'qildi: 1439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.