Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

O‘fa ayollar futboli bo‘yicha 2023 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘fa ayollar futboli bo‘yicha 2023 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida ayollar futboli bo‘yicha 2023 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ochib berib, ayollar futbolini yuqori darajaga ko‘tarish asosiy vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

«Mavsum davomida ayollar futbolini rivojlantirish yo‘lida qilgan mehnatingiz uchun barchangizga tashakkur bildirmoqchiman. So‘nggi yillarda futbolimiz har tomonlama o‘sdi va rivojlandi. Joriy yil Avstraliya va Yangi Zelandiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mutaxassislari malaka oshirishdi va tajriba almashib qaytishdi. Umuman ayollar futboli mavqei dunyo miqyosida ham yuqori darajaga chiqmoqda.

Vaqti kelib, O‘zbekiston ayollar terma jamoalari ham Jahon chempionatlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonamiz. 2023 yilda O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Parij Olimpiadasiga saralash bahslarining yakuniy bosqichiga yo‘l oldi. Jamoadagi har bir futbolchida vatanparvarlik va mas’uliyat hissi yuqori. 2024 yil mart oyida Toshkentda qizlar o‘rtasida U-20 Osiyo kubogi o‘tkaziladi. Mavsum so‘nggida ayollar futbolida birinchi marta VAR texnelogiyasidan foydalanildi. Shuningdek, 2024 yilda O‘FAning yangi futbol maydonida 4 ta yosh toifasida futbol kurslarini tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Albatta kamchiliklar ustida ham tinimsiz ish olib boramiz. Ayollar futbolida bosqichma-bosqich hakamlar, murabbiylar va shifokorlar sonini ko‘paytirishimiz zarur», dedi Ravshan Ermatov. 

Yig‘ilish davomida ayollar futboli bo‘yicha 2023 yilda o‘tkazilgan turnirlar tahlili va 2024 yil uchun belgilangan vazifalar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Ayollar futbolida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:48, 07.12.2023.
O'qildi: 916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.