Xabaringiz bor, “Navbahor” yakunlangan mavsumda 3-o‘rinni egallab, bronza medal sohibiga aylandi va o‘z sovrinlari sonini yanada oshirdi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Superliga (oliy liga)sida shu kungacha jami 40 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lib, ulardan faqatgina 13 tasiga sovrinlarni qo‘lga kiritish nasib etgan.
Ular orasida albatta O‘zbekiston milliy chempionatlarining muntazam ishtirokchisi bo‘lgan “Navbahor” ham bor.
Jamoaning shu kungacha nechta sovrinni qo‘lga kiritganligi ko‘pchilikni qiziqtirishini inobatga olgan holda, ushbu mavzuga to‘xtalishga ahd qildik.
“Lochinlar” ortda qolgan mavsumlar davomida 1 ta oltin (1996 yil), 1 ta kumush (2022 yil), 10 ta bronza (1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003,2004, 2018, 2023 yillar), shuningdek, 3 marta O‘zbekiston kubogi (1992, 1995, 1998 yillar) hamda 1 marta O‘zbekiston superkubogi (1999 yil)ni qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa, bu yil “Navbahor”ning milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon qo‘lga kiritgan jami sovrinlari soni bu yil 16 taga yetdi va jamoa ayni paytda bu borada “Paxtakor” (38 ta sovrin), “Nasaf” (21 ta sovrin) hamda “Neftchi” (17 ta sovrin) klublaridan keyin 4-o‘rinda bormoqda.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.