Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Yevropa ligasi. Pley-off bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Yevropa ligasi. Pley-off bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Yevropa ligasi turnirida guruh bosqichi yakuniga yetib, pley-offda ishtirok etadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Xabaringiz bor,  guruh bosqichida peshqadamlikni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak final bosqichiga yo‘l olishgan bo‘lsa, qolgan 8ta klub 1/16 final deb nomlangan o‘tish bahslarida ishtirok etishadi.

Guruhda 2-o‘rinni egallaganlar bu bosqichda Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan klublar bilan to‘qnash kelishadi.

Qachon?
Qur’a tashlash marosimi bugun — 18 dekabr, dushanba kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Ishtirokchi-jamoalar
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qur’ada 16ta jamoa ishtirok etadi. Yevropa ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallaganlar 1-savatchadan, YECHLdan o‘tgan klublar esa 2-savatchadan o‘rin olishadi.

1-savatcha:
"Sporting" (Portugaliya)
"Marsel" (Fransiya)
"Tuluza" (Fransiya)
"Renn" (Fransiya)
"Roma" (Italiya)
"Qorabog‘" (Ozarboyjon)
"Frayburg" (Germaniya)
"Sparta" (Chexiya)

2-savatcha:
"Galatasaroy" (Turkiya)
"Lans" (Fransiya)
"Braga" (Portugaliya)
"Benfika" (Portugaliya)
"Feyenord" (Niderlandiya)
"Milan" (Italiya)
"Yang Boyz" (Shveysariya)
"Shaxtyor" (Ukraina)

Cheklovlar bormi?
Ha. Bir mamlakat vakillari ushbu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.

Nechta o‘yin?
1/16 final bosqichida jamoalar uy va safar tizimida ikki martadan to‘qnash kelishadi. 1-savatcha vakillari javob bahsini o‘z uylarida o‘tkazishadi. Pley-off bosqichida "safarda urilgan gol" qoidasi amalda bo‘lmaydi.

O‘yinlar qachon o‘tkaziladi?
Dastlabki uchrashuvlar 16 fevral, javob bahslari esa 23 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Keyin-chi?
Ushbu bosqich g‘oliblari nimchorak finalga yo‘l oladi va Yevropa ligasi guruh bosqichida 1-o‘rinni egallaganlar safiga qo‘shiladi. Mag‘lub bo‘lganlar musobaqani tark etishadi. 1/8 finalga qur’a tashlash marosimi 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:57, 15.12.2023.
O'qildi: 2616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.