Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbek hakamlarining eng, eng, englari...

O‘zbek hakamlarining eng, eng, englari...

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining yakuniga yetgan mavsumiga ko‘ra qaysi hakamlar eng ko‘p uchrashuv boshqargani, sariq va qizil kartochka ko‘rsatgani hamda eng ko‘p penalti belgilaganini bilasizmi?

Eng ko‘p o‘yin boshqarish bo‘yicha bu mavsum 3 nafar hakamimiz teng natija qayd etdi. Unga ko‘ra, Ilgiz Tantashev, Akobirxo‘ja Shukurullayev hamda Shavkat Nasibullayev joriy mavsumda 13 ta Superliga bahsida ishlagan. Ulardan keyingi o‘rinlarni esa 12 ta bahsda hakamlik qilgan Temur To‘xtasinov va Asker Najafaliyev, shuningdek, 11 tadan uchrashuv boshqargan Rahimbek Karimov va Firdavs Norsafarov egallagan.

Sariq kartochkalar bo‘yicha Asker Najafaliyev yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 12 ta o‘yinda ko‘rsatilgan 68 ta sariq va 4 ta qizil kartochka bor. Bundan tashqari, u ushbu bahslarda 5 marta penalti belgilagan.

Qizil kartochkalar bo‘yicha yetakchi hakam esa bu mavsum Rahimbek Karimov bo‘ldi. Superliganing 11 uchrashuvida ishlagan ushbu hakam cho‘ntagidan jami 10 marta qizil rangli kartochkani chiqargan. Bundan tashqari, uning hisobida 45 ta sariq kartochka ham bor.

Penalti belgilash bo‘yicha Firdavs Norsafarov — mutlaq yetakchi. U Superliganing 11 uchrashuvida 7 bora 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan.

Kiritildi: 15:08, 15.12.2023.
O'qildi: 1663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик