Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Mavsum-2023 yakunlari: «Navbahor»ning gollariga assistentlik qilgan futbolchilar

Mavsum-2023 yakunlari: «Navbahor»ning gollariga assistentlik qilgan futbolchilar

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Ma’lumki, g‘alaba qozonishda gollar bilan birgalikda unga hammualliflik qilgan futbolchilarning roli ham muhim sanaladi.

Xo‘sh, “Navbahor”ning Superliga – 2023 dagi gollariga kimlar assistentlik qilishdi?

Xabaringiz bor, Samvel Babayan shogirdlari yakunlangan mavsumda raqiblar darvozasiga 44 ta gol urishdi. Ushbu to‘plarning  5 tasi penalti, 1 tasi  jarima zarbasi, yana 11 tasi esa raqiblar tomonidan qaytarilgan zarbalar yoki mahorat evaziga raqiblardan to‘pni olib qo‘yishlar evaziga darvoza to‘ridan joy olgan.

Qolgan 27 ta golga esa 10 nafar futbolchi hammualliflik qilishdi.

Eng ko‘p assist jamoamizning 30 yoshli tajribali yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovga tegishli – 7 ta.

Keyingi o‘rinda esa 6 ta “pas” bilan 32 yoshli tajribali hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov bormoqda.  

Assistentlarning to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha ko‘rinishga ega:

1.Jamshid Iskanderov – 7 ta;
2.Temurxo‘ja Abduxoliqov – 6 ta;
3.Jamshid Boltaboyev – 3 ta;
4.Asadbek Sobirjonov, Abrorbek Ismoilov, Oston O‘runov, Jasurbek Yaxshiboyev  – 2 tadan;
5.Ibrohim Yo‘ldoshev, Toma Tabatadze, Doniyor Abdumannopov – 1 tadan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:17, 17.12.2023.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.