Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Arsenal"ning "Engilmaslar"i top-klublar ichida APL tarixidagi eng yaxshi "bir kishilik jamoa" deb topildi

"Arsenal"ning "Engilmaslar"i top-klublar ichida APL tarixidagi eng yaxshi "bir kishilik jamoa" deb topildi

Baho:
+ | -

Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, "Arsenal"ning o‘sha, 2003/04 yilgi jamoasi APL tarixidagi eng zo‘r "bir kishilik" jamoadir. To‘pchilar o‘sha mavsumda 38 ta turning birortasida mag‘lub bo‘lmay, o‘zining 13 chempionligini qo‘lga kiritgan edi. Ammo statistikaga asosan, o‘shanda Arsen Venger jamoasi Tyerri Anriga qattiq suyanib qolgan. Ya’ni, 2003/04 yilgi mavsumdagi "Arsenal" urgan gollarning katta qismini Anri kiritgan. U mavsumni 30 ta gol bilan tugatgandi. Bu esa umumiy urilgan gollarning 41 foizini tashkil etdi. Agarda Anrining 30 goliga Robert Piresning 14 ta golini qo‘shak, bu ko‘rsatkich, 60 foizgacha ko‘tariladi.

Tyeri Anri bunday hisob-kitoblar borasida Krishtianu Ronaldu va Erling Xolandni ortda qoldirdi. Masalan, Ronaldu fantastik darajada o‘tkazgan o‘sha 2007/08 yilgi mavsumini 31 ta gol bilan tugatgan. Ammo bu urilgan gollarning bor-yo‘g‘i 39 foizni tashkil etadi. Xoland esa o‘tgan mavsumda 36 ta golga mualliflik qildi. Biroq, bu ham Anrining 41 foizidan o‘tib keta olmadi. Norvegiyalik 36 ta gol bilan 38 foiz ulushni o‘ziniki qildi xolos.

Xarri Keyn ham o‘ziga xos natijaga ega desak, xato bo‘lmaydi. Angliya termasi sardori 8 mavsum davomida "Tottenxem" tomonidan urilgan gollarning eng kamida chorak qismiga mualliflik qilib kelgan. Umumiy, Keyn 317 ta APL bahsida 213 ta gol urishga erishgan edi.
Umuman olganda, "Sautgempton" APLdagi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Bu klub 2002/03 yilgi mavsumda jami 43 ta gol urgan. Shundan 23 tasini birgina Jeyms Betti ismli hujumchi kiritgandi.

Tahlilda, shuningdek, qaysi klub APLda dramatik tarzda qolganiga ham e’tibor qaratildi. Bu jamoa esa "Aston Villa" bo‘lib chiqdi. 2014/15 yilgi mavsumda Kristian Benteke jamoaning jami 42 foiz golini urib, birmingemliklarni APLda saqlab qolgan ekan. Uning 13 ta goli, umumiy 31 ta golnung 42 foizi bo‘ldi va "Aston Villa"ni 3 ochkolik farq bilan APLda qolishini ta’minladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:00, 26.12.2023.
O'qildi: 1931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.