Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"MYU"dan kambek yoxud "Aston Villa" buzilib qoldimi? — Qahramon Aslanov maqolasi

"MYU"dan kambek yoxud "Aston Villa" buzilib qoldimi? — Qahramon Aslanov maqolasi

Baho:
+-1 | -

Mana bu bola uchun xursandman.
Ha, u bola, salkam yig‘lab yuborgan Rasmus atigi 20 yoshda, Manchesterga kelguncha kuchli beshlikda yarim yil o‘ynagan xolos. Shunchaki, katta narx, undan ko‘p narsa kutilgani, unga bog‘liq bo‘lmagan shartlar tufayli, bosim ostida qoldi, juda ko‘p tanqid qilindi, sal qolsa, memlar qiroliga aylanardi.

Aslida bu yoshda futbolchilar zavq uchun o‘ynaydi, ko‘p narsa kechiriladi. Xoylund esa, tezroq ulg‘ayishi kerak bo‘lgan muhitga kelib qoldi. Bu gol, ya’ni APLdagi ilk gol, umuman Xoylundning chindanam ilk foydali goli (ECHLdagi beshala golidayam jamoa yutqazgandi) hujumchiga qo‘shimcha kuch berishidan umid qilamiz.

Endi bevosita o‘yinga to‘xtalsak, har qancha «MYU» qahramonlik ko‘rsatmasin, ko‘proq Emerining qarorlari kambekka sharoit yaratdi.

Birinchi taymda «MYU» 6 marta ofsaydga tushdi. Hammasida xavfli vaziyatlarda edi. Garnachoning 2-taym boshidagi hisoblanmagan goli yettinchi ofsayd edi.

Ha, Emeri jamoasi uchun bu «rabochiy» uslub, himoyalanishda ko‘p ishlatishadi. Lekin har qanday jamoa kabi boshqacharoq himoyalanish varianti bor edi. Nega?

Chunki «MYU»da aynan shunaqa himoyaga qarshi eng «rabochiy» uslubga ega, hatto Angliyada eng yaxshidir balkim. Uchala hujumchi ham kattaroq zonalarda samarali o‘ynaydilar, Eriksen va Brunu esa, yuqoridan vertikal paslar  uchun yaratilgan. Bunga Onanani ham qo‘shing.

Emeri 2:0 dan keyin mezbonlarni eng noqulay sharoitga solish, ya’ni masalan zichroq o‘ynash o‘rniga, birinchi taymni davom ettirdi, «MYU»ga o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan shaklda o‘ynashga imkoniyat yaratib berdi.

Balkim, Emeri rostan ham jamoasiga qattiq ishonib yuborgandir. Balkim «MYU»ni boshqalar kabi xotirjam sindirish mumkin, deb o‘ylagandir. «Aston Villa» 2023 yildagi natijalar bo‘yicha Angliyada eng yaxshi ikki jamoadan biri, lekin «Villa» eng noo‘rin paytda o‘zini katta jamoadek his qilib qo‘ydi. Bu Emerini o‘ldiradi.

 

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:55, 27.12.2023.
O'qildi: 1657 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик