Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Inter" shu haftaning o‘zidayoq muzokaralarni yakunlamoqchi

"Inter" shu haftaning o‘zidayoq muzokaralarni yakunlamoqchi

Baho:
+ | -

Belgiyaning "Bryugge" klubida o‘ynayotgan 24 yoshli kanadalik yarim himoyachi Teyjon Byukenen shu haftada "Inter" safiga qo‘shilishi mumkin.

Bu haqda X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba ta’kidlaganidek, bu transfer "Inter"ga bonuslar bilan birga 10 million yevroga tushadi. Italiya klubi belgiyalik bilan bugun, 1-yanvar kuni ham muzokaralar olib bormoqda va kelishuvni shu hafta, chamasi chorshanba kuni yakunlash umidida.

Eslatib o‘tamiz, Byukenen 2022 yilning yanvarida "Bryugge" tarkibiga kelib qo‘shilgan va transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra Amerikaning "Nyu-Englend" klubidan 6,36 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

Uning hozirgi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda vinger barcha turnirlarda 20ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urdi va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 22:56, 01.01.2024.
O'qildi: 1303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик