Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

"Borussiya" futbolchisiga ikki klub xaridor bo‘lmoqda

"Borussiya" futbolchisiga ikki klub xaridor bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

Menxengladbaxning "Borussiya" klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Florian Noyxaus joriy transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi klubdagi o‘rnidan norozi, "Borussiya" rahbariyati u bilan xayrlashishga tayyor. Noyxaus uchun "Sevilya" va "Lasio" da’vogarlik qilmoqda. Ikkala klub ham futbolchini ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda, bunda sotib olish opsiyasi ham bor.

Noyxaus 2017 yildan beri Menxengladbaxning "Borussiya" jamosida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 9 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 20:30, 10.01.2024.
O'qildi: 1072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.