Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Hakamlarimiz Osiyo kubogida: kim nechta o‘yinda ishlagan?

Hakamlarimiz Osiyo kubogida: kim nechta o‘yinda ishlagan?

Baho:
+ | -

Qit’amizning eng nufuzli turniri hisoblangan Osiyo kubogida hakamlarimizning o‘rni anchagina salmoqli. Sababi, 2004 yildan boshlab ushbu musobaqada muntazam ishtirok etib kelayotgan vakillarimiz 2 bora turnir finalini boshqarishga muvaffaq bo‘lishgan.

Osiyo kubogida necha nafar hakamimiz ishlagan?

2004 yildan buyon o‘tkazilgan 5 Osiyo kubogida 7 nafar o‘zbekistonlik hakam ishlagan. Bosh hakamlarimiz soni esa 3 tani tashkil etadi. Ular orasida eng ko‘p o‘yin tabiiyki, Ravshan Ermatov hisobida — 16 ta o‘yin (Ermatov, shuningdek, Osiyo miqyosida ham bu borada mutlaq yetakchi). Bundan tashqari, Valentin Kovalenko hamda Ilgiz Tantashev singari vakillarimiz ham ushbu turnir o‘yinlarida ishlagan.

Musobaqada ishlagan hakamlarimiz kesimida o‘yinlar soni:

Ravshan Ermatov:
— 2004 yil 1 o‘yin bosh hakam, 1 o‘yin zaxira hakami;
— 2011 yil 4 o‘yin bosh hakam (shu jumladan, final) va 1 uchrashuvda zaxira hakami;
— 2015 yil 4 bahsda bosh hakam (shu jumladan, yarim final);
— 2019 yil 5 o‘yinda bosh hakam (shu jumladan, final);

Valentin Kovalenko:
— 2011 yil 4 uchrashuvda zaxira hakami (ularning birida R. Ermatov bilan birga ishlagan);
— 2019 yili 1 o‘yinda bosh hakam;

Ilgiz Tantashev:
— 2019 yili 1 bahsda bosh hakam;

Viktor Serazitdinov:
— 2007 yil 2 uchrashuvda yordamchi hakam;

Abduhamidullo Rasulov:
— 2011 yil 4 o‘yinda yordamchi hakam (shu jumladan, final);
— 2015 yil 4 bahsda yordamchi hakam (birida R. Ermatov bilan);
— 2019 yil 7 uchrashuvda yordamchi, 1 o‘yinda zaxira hakami (shu jumladan, final);

Rafayel Ilyasov:
— 2011 yil 4 marta yordamchi hakam (shu jumladan, final);

Jahongir Saidov:
— 2015 yil 2 bahsda yordamchi hakam (birida R. Ermatov bilan);
— 2019 yil 6 o‘yinda assistentlik qilgan (shu jumladan, final).

Eslatib o‘tamiz, bugun start oladigan Osiyo Kubogida 3 nafar hakamimiz ishtirok etadi:

Ilgiz Tantashev
Andrey Sapenko
Timur Gaynullin.

Manba: Telegram.me/uzfhm
Kiritildi: 17:29, 12.01.2024.
O'qildi: 1722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик