Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Emeri: "Angliyada boshqa chempionatlarga qaraganda sovrin yutish qiyinroq"

Emeri: "Angliyada boshqa chempionatlarga qaraganda sovrin yutish qiyinroq"

Baho:
+ | -

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Angliyada sovrinlarni yutish boshqa ligalardan ko‘ra qiyinroq ekanini aytdi.

Emeri murabbiylik faoliyati davomida 4 marta Yevropa ligasida g‘olib chiqqan. Unai Ispaniya va Fransiyada ham sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Angliyadagi avvalgi faoliyatida, "Arsenal"ni boshqarganida, Emeri quruq qo‘l bilan qolgandi. Unai buni o‘zgartirishni xohlaydi va "Aston Villa" juma kuni "Chelsi"ni qabul qiladigan Angliya kubogi u uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin.

"Men ushbu musobaqada g‘olib bo‘lishni xohlayman. Kubokni qo‘lga kiritish har doim qiyin, Angliyada esa boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda qiyinroq. Men nimagadir erishmoqchiman, lekin bu har safar sinov.

Boshqa kubok musobaqalarida, Ispaniya, Fransiya yoki Angliyada erishgan barcha yutuqlarim men uchun o‘rganish tajribasi bo‘ldi.

Men "Arsenal"da yoki o‘tgan yili bu yerda, "Aston Villa"da bo‘lganimda Angliyada muvaffaqiyatga erisha olmadim, lekin menda ko‘p imkoniyatlar bo‘lmadi. Umid qilamanki, bundan ko‘proq bo‘ladi", - dedi Emeri BBC bilan suhbatda.

Kiritildi: 10:38, 26.01.2024.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.