Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Rasman: Odil Hamrobekov ham «Navbahor»ga o‘tdi

Rasman: Odil Hamrobekov ham «Navbahor»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Tajribali yarim himoyachi Odil Hamrobekov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Hamrobekov futbolchilik faoliyati davomida “Nasaf” (Qarshi, 2013-2018 yillar),  “Paxtakor” (Toshkent, 2019-2021 yilning 2-davrasi – 2023 yillar), “Shabab Al-Ahli” (Dubay, BAA, 2021 yilning 1-davrasi) jamoalarida o‘ynagan.

Odil Hamrobekov o‘tgan mavsumda “Paxtakor” tarkibida barcha musobaqalarda jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan holda, 1 ta golga assistentlik qilgan.

Yarim himoyachi 2017 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va ayni paytda Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi – 2023 musobaqasida terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

"Biz Odiljon Hamrobekovga “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo‘lib, chiroyli o‘yinlari hamda gollari bilan “lochinlar”ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz", - deyiladi klub bayonotida.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:07, 31.01.2024.
O'qildi: 3264 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик