Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Ro‘ziqul Berdiyev: «Umid qilaman, «Al-Ayn» bilan to‘qnashuvimiz biz uchun ijobiy natija bilan tugaydi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Umid qilaman, «Al-Ayn» bilan to‘qnashuvimiz biz uchun ijobiy natija bilan tugaydi»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan «Nasaf» -«Al-Ayn»  uchrashuvidan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

"Har ikki mamlakatda bir muddat tanaffus yuzaga kelgani uchun ertangi o‘yin yuqori tempda bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Shunga qaramasdan ertangi o‘yin taktik jihatdan kurashga boy o‘tishini kutyapman. Kayfiyatimiz yaxshi. Yigitlar ertangi bahsga shay. "Al-Ayn"ga qarshi bahsda ijobiy natija uchun futbolchilar bor mahorat va kuchlarini ishga solishadi. Biz uchun har bir o‘yindagi natija muhim ahamiyatga ega. Keyingi bosqichga chiqishni ko‘zlagan holda ertaga maydonda to‘p tepamiz.

"Al-Ayn" klubi bilan bir necha yil avval to‘qnash kelganmiz. Bu jamoani yaxshi eslayman. Ammo bu orada har ikki jamoada katta o‘zgarishlar bo‘ldi. "Al-Ayn" bilan bu galgi to‘qnashuvimiz biz uchun ijobiy bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bu safar muxlislarimizni fayxralandigan o‘yin va natijani qayd etishimiz kerak.

"Al-Ayn" 9 fevral kuni Kubok bahsida ishtirok etdi. Bu o‘yinni biz chuqur o‘rgandik. Bundan tashqari, bu jamoaning OCHL va milliy chempionatdagi o‘yinlarini yigitlarga ko‘rsatib, tahlil qilib berdik. Bu doimo qiladigan ishimiz. Futbolchilarimiz raqib jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, har bir o‘yinchi haqida yaxshi tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Bu yakuniy natija uchun juda zarur narsa.

"Al-Ayn" o‘yinlarini kuzatib shunga amin bo‘ldikka, bu jamoa hujumkor futbol namoyish etadi, hujumni yaxshi ko‘radi. Bu raqib tarkibini asosan legionerlar tashkil etadi. Mahalliy futbolchilardan faqat 4 nafari asosiy tarkibga kirgan.

Jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilarning ayrimlari maydonga tushadi. Qanday tarkib tanlash esa ertangi o‘yinda qanday strategiya bilan maydonga tushishimizga bog‘liq bo‘ladi. Tarkibni kuchaytirish uchun yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Bu faqatgina ertangi o‘yinni ko‘zlab qilinmadi. Butun mavsum uchun futbolchilar jalb qilindi. Umid qilaman, ular ishonchimizni oqlashadi. Muammoli chiziqlarimizga saviyali futbolchilarni taklif etishga harakat qildik. Ular yaxshi futbolchilar hisoblanadi. Ammo mashaqqatli mehnatsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi.

Osiyo kubogida penaltidan gol ura olmagan Zafarmurod Abdurahmatovning ruhiy holati qanday? U kuchli xarakterga ega futbolchi. U yosh bo‘lishiga qaramay o‘yinga tushirganimizda buni ko‘rsata olgan. Bunday holat har bir futbolchida bo‘ladi. Biz murabbiylar, futbolchilar va uning yaqinlari uni qo‘llab-quvvatlayapmiz. Zafarmurod bu holatdan chiqib ketadi", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:41, 13.02.2024.
O'qildi: 1876 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.