Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Buxoro» klubidan transfer taqiqi yechildi, «Navbahor» va «Neftchi esa...

«Buxoro» klubidan transfer taqiqi yechildi, «Navbahor» va «Neftchi esa...

Baho:
+ | -

«Buxoro» klubi futbolchilar bilan hisob-kitob qilgani O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi tomonidan tasdiqlandi. Shuningdek, klub Liga oldidagi majburiyatlarini ham bajardi.  

Shundan kelib chiqib, «Buxoro» futbol klubiga qo‘yilgan transfer taqiqi olib tashlandi. 18 fevraldan boshlab klub MyLeague platformasi orqali yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Endilikda klub 2024 yilgi xarajatlar smetasini O‘FA bilan kelishishi talab etiladi. Mazkur kelishuv asosida xarajatlar smetasi homiy tashkilot tomonidan tasdiqlangach, klubga Liga ro‘yxatidan o‘tgan yangi futbolchilar lisenziyasi taqdim etiladi.

Shuningdek, «Buxoro» klubining keyingi 3 yil uchun mo‘ljallangan rivojlanish dasturi ishlab chiqiladi hamda klubning keyingi faoliyati mazkur dastur asosida tartibga solinadi. Dasturdan Assosiasiya hamda Liga talabi asosida klub infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga doir qator bandlar o‘rin oladi. Shu asosda homiy tashkilot tomonidan ajratiladigan mablag‘ning birinchi navbatda dastur asosida yo‘naltirilishi monitoring qilib boriladi.   

Ma’lumot uchun, O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan qo‘yilgan taqiq "Navbahor", "Neftchi", "So‘g‘diyona" hamda Birinchi liganing 5 ta klubiga nisbatan saqlanib qolmoqda. Ayni vaqtda "Navbahor" va "Neftchi" mazkur taqiqni yechish ustida ishlamoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:38, 17.02.2024.
O'qildi: 2087 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.