Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

La liga. «Barselona» «Selta»ga qarshi kechgan qiyin bahs so‘ngida g‘alabani ilib ketdi

La liga. «Barselona» «Selta»ga qarshi kechgan qiyin bahs so‘ngida g‘alabani ilib ketdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida «Barselona» safarda «Selta» klubi mehmoni bo‘lib, juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvda xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. To‘p asosan maydon markazida bo‘ldi. Kataloniyaliklar birinchi bo‘lim so‘ngida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Lamin Yamalning uzatmasidan keyin Levandovski 12 metrlardan zarba berib, to‘pni darvozaga joyladi.

Vigoliklar ikkinchi bo‘lim boshida muvozanatni tiklashdi. Mingesa tomonidan berilgan pasdan keyin Aspas 17 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘rga borib tushdi.

"Barselona" ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Mezbon himoyachisi o‘z jarima maydoni ichida bexosdan Yamalni tepib yiqitib qo‘ydi. Penalti. Levandovski tomonidan penaltidan yo‘llangan zarbani "Selta" posboni qaytardi. Ammo zarba berilayotgan paytda u chiziqni tark etgani uchun 11 metrli zarba qaytadan ijro etildi. Bu safar Robert vaziyatni golga aylantirdi.

"Barselona" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 54 taga yetkazib, 3-o‘rinni egallab turibdi. "Selta" esa 20 ochko bilan 17-o‘riinga joylashgan.

Ispaniya La ligasi, 25-tur
Selta – Barselona 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 45 Levandovski, 1:1 – 47 Aspas, 1:2 – 90, penalti Levandovski.
Selta – Guaita, Mingesa (Vaskes, 85), Starfelt, Dominges (Nunyes, 46), Ristich (Sanches, 59), De La Torre, Tapiya, Beltran, Alyende (Svedberg, 77), Aspas, Larsen (Duvikas, 85).
Barselona – ter Stegen, Kunde, Arauxo (Martines, 46), Kubarsi, Joau Kanselu, Kristensen (Gyundogan, 58), de Yong, Pedri (Lopes, 75), Yamal (Romeu, 90), Levandovski, Roke (Rafinya, 58).
Ogohlantirishlar: Alyende (15), Kristensen (38), de Yong (90), ter Stegen (90), Martines (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:44, 18.02.2024.
O'qildi: 2298 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик