Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

A seriya. «Yuventus» «Verona» bilan jangovar durangga imzo chekdi (videosharh)

A seriya. «Yuventus» «Verona» bilan jangovar durangga imzo chekdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 25-turi doirasida «Yuventus» safarda «Verona» bilan to‘qnash kelib, bor-yo‘g‘i bir ochko bilan cheklandi.

Turinliklar o‘yin davomida hisobni tenglashtiruvchi vazifani bajarishdi. Maydon egalari 11-daqiqada hiosbni ochishgan bo‘lsa, 28-daqiqada Vlaxovich penaltidan unumli foydalandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Noslin "Verona"ni yana oldinga olib chiqdi, oradan 3 daqiqa o‘tib Adriyen Rabyo muvozanatni tikladi.

Bahs oxiriga qadar jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etishdi, ammo darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

"Yuventus" ushbu durang tufayli o‘z ochkolarini 54 taga yetkazdi. 52 ochko to‘plab turgan "Milan" bugun "Monsa"ni mag‘lub etsa, 2-o‘ringa ko‘tarilib oladi. "Verona" esa 20 ochko bilan 18-pog‘onani egallab turibdi.

Italiya chempionati, 25-tur
Verona – Yuventus 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 11 Folorunsho, 1:1 – 28, penalti Vlaxovich, 2:1 – 52 Noslin, 2:2 – 55 Rabyo.
Verona – Montipo, Davidovich, Manyani, Kabal, Lazovich (Ruben Vinagre, 74), Duda, Folorunsho (Belaen, 74), Suslov, Silva (Anri, 86), Tshatshua (Koppola, 85), Noslin (Sviderski, 65).
Yuventus – Shchensni, Kambyazo (Vea, 82), Danilo, Rugani, Gatti (Aleks Sandro, 56), Kostich (Kyeza, 57), Rabyo, Lokatelli, Makkenni, Yildiz (Alkaras, 66), Vlaxovich (Milik, 81).

.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:41, 18.02.2024.
O'qildi: 1275 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик