Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

«Andijon» oxirgi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi

«Andijon» oxirgi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bugun «Andijon» yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonidagi oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Oldin xabar berganimizdek, sparring-raqib «Dinamo» klubi bo‘ldi.

O‘yin oldidan yomg‘ir yog‘ishni boshladi va futbolchilar uchrashuvni aynan yomg‘ir ostida o‘tkazdilar. Lekin bu holat jamoalarga u qadar halaqit qilgani yo‘q. Darvoqe, uchrashuv «Odil Junior» nomidagi futbol akademiyasi sun’iy maydonida bo‘lib o‘tdi.

O‘yin juda qiziqarli hamda keskin hujumlarga boy o‘tdi. «Andijon» futbolchilari bahs boshidanoq tashabbusni o‘z qo‘liga olib, raqib darvozasi oldida birin-ketin xavfli hujumlarni uyushtira boshladi. Futbolchilar o‘yindan-o‘yinga ancha shakllanib borayotgani bugungi bellashuvda yaqqol ko‘rindi va albatta ijobiy holat.

Uchrashuv davomida nadijonliklarda gol urish uchun juda qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Luka Zgurskiy, Sherzod Esanov, Farhod Sohibjonov va yana boshqa o‘yinchilarning zarbalari juda xavfli chiqdi. Gohida darvozabon mahorat ko‘rsatdi, yana ba’zida darvoza ustuni ularni goldan saqlab qoldi. Ayrim holatlarda esa to‘p darvozaning shundoq yonginasida o‘tib ketaverdi.

Ha, raqib jamoada ham ayrim holatlarda imkoniyatlar ko‘zga tashlandi. Ammo himoyachilarimiz va darvozabonimiz o‘z vaqtida reaksiya ko‘rsata oldilar. O‘yin 0:0 hisobida yakunlandi. Yomg‘ir yog‘ib turganiga qaramasdan futbolchilar maydonda tinim bilmadilar. Bu xuddi Superliganing rasmiy maqomdagi o‘yini kabi kechdi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Qolaversa, uchrashuvni tomosha qilish uchun bir qancha mutaxassislar ham kelishdi. Chunki bahs o‘rtoqlik maqomida bo‘lsada, qiziqish anchagina edi. Shuningdek, maydon egasi, O‘FA birinchi vise-prezidenti Odil Ahmedov ham o‘yinni bevosita stadionda kuzatib bordi.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 19:02, 25.02.2024.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.