Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

“Neftchi” yangi mavsumga tayyormi?

“Neftchi” yangi mavsumga tayyormi?

Baho:
+ | -

Superliganing eng yaxshi murabbiyi amalga oshirgan 14 transfer…

Xabaringiz bor, 1 mart kuni O‘zbekiston Superligasiga start beriladi. Shu sababli klublar yangi mavsum oldidan o‘z jamoasi safiga saviyali futbolchilarni qo‘shib olishga urinishdi.

Biz yangi mavsum oldidan Superligada favorit jamoalar qanday transferlarni amalga oshirgani haqida birma-bir so‘z yuritmoqchimiz. Dastlab Farg‘onaning “Neftchi” jamoasidan boshlaymiz.

“Neftchi” jamoasi yangi mavsum avvalidan ko‘plab futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko chempionlikni maqsad qilgani aniq. Buni amalga oshirilgan transferlar ham ko‘rsatib turibdi.

Keling! Yakunlangan transferlar oynasida “Neftchi” safiga borib qo‘shilgan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tamiz:

1 -Jasur Jaloliddinov — Yarim himoyachi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov “Olimpik” safida o‘tgan mavsumda ajoyib harakat qilgan holda, avvalgi formasini tiklashga erishdi. Shu sababli “Neftchi” jamoasi ushbu yosh iqtidorni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Jaloliddinov o‘tgan mavsumda “Olimpik” safida umumiy 20ta o‘yinda ishtirok etib, 5ta gol urgan va 3ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Jasur Jaloliddinov 2002 yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan. U faoliyati davomida “Bunyodkor”, “Lokomotiv, “Tambov”, “Andijon”, “Lokomotiv”, “Qayrat” hamda “Olimpik” jamoalarida to‘p tepdi. Jasur o‘zi to‘p surgan jamoalarida umumiy 92 o‘yinda ishtirok etib, 10ta gol urishga erishgan.

Ko‘rib turganingizdek, Jaloliddinov yosh bo‘lishiga qaramasdan ko‘plab jamoalarda to‘p surgan. Bu esa katta tajriba yig‘ishga sabab bo‘ldi. Shuning uchun Jaloliddinov yangi mavsumda “Neftchi”ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Chunki Jaloliddinov hujum tashkil qilish va standart vaziyatlarni golga aylantirishda juda faol futbolchilar toifasiga kiradi.

2 — Shohruz Norxonov — Hujumchi

Hujumchi o‘tgan mavsumda ham “Navbahor”, ham “Buxoro” safida harakat qilishga ulgurdi. Norxonov dastlab, “Navbahorda” yarim mavsum harakat qildi.

Biroq, Babayan ikkinchi davrada unga ishonch bildirmadi va “Buxoro”ga qo‘yib yubordi. Shohruz yakunlangan mavsumda 25 o‘yinda ishtirok etdi va 3ta gol urishga erishdi xolos. Lekin “Neftchi” bosh murabbiyi Levchenko unga ishonch bildirib, farg‘onaliklar safiga qo‘shib oldi.

Ma’lumot uchun, Norxonov 1993 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U faoliyati davomida “Obod”, “Bunyodkor”, “So‘g‘diyona”, “Navbahor” va “Buxoro” jamoalarida to‘p surgan. Norxonov o‘zi top tepgan jamoalari safida umumiy 219ta o‘yinda ishtirok etgan va 82 gol urishga erishgan.

3 — Sanjar Qodirqulov — Yarim himoyachi

Qodirqulov o‘tgan mavsumda “Lokomotiv” safida Pro ligada ishtirok etdi. Sanjar “Loko” safida 18 o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urishga erishgan.

Ma’lumot uchun, Sanjar Qodirqulov 1997 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U faoliyati davomida “Bunyodkor”, “Metallurg” hamda “ Lokomotiv” klublari safida 153 o‘yinda ishtirok etib, 9ta gol urgan. Statistikalardan ko‘rinib turibdiki, Qodirqulov hujumga qaraganda himoyaga ko‘proq yordam beruvchi futbolchilar qatoriga kiradi.

4 — Manuchexr Safarov — Yarim himoyachi

Manuchexr Safarov Tojikiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Safarov o‘tgan mavsumda “Lokomotiv” safida harakat qildi. U “temiryo‘lchilar” uchun 14 o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urgan.

Ferganskiy klub predstavil tadjikskogo futbolista - video - SPORTS.tj:  Novosti sporta v Tadjikistane | SNG i mire

Ma’lumot uchun, Manuchexr 2001 yil Xo‘jand shahrida tug‘ilgan. U faoliyati davomida “Xo‘jand”, “Lokomotiv” Pomir, “Istiqlol”, “Persepolis” hamda “Lokomotiv” Toshkent jamoalarida to‘p tepgan. Safarov ushbu klublar safida umumiy 77 o‘yinda ishtirok etib, 5ta gol urgan.

5 — Javohir Qahramonov — Yarim himoyachi

Xabaringiz bor, Javohir Qahramonov avvalgi mavsumda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi safida harakat qilgan. Ushbu futbolchi jizzaxliklar safida umumiy 25 uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 2 golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Javohir Qahramonov 1996 yil Termiz shahrida tug‘ilgan. U futbolchilik faoliyati davomida “Bunyodkor”, “Obod”, “Dinamo”, “Buxoro” va “So‘g‘diyona” jamoalari safida harakat qilgan.

Javohir Qahramonovning gullagan davri “So‘g‘diyona” jamoasiga to‘g‘ri keladi. U jizzaxliklar safida umumiy 101 o‘yinda 19ta gol urishga erishgan.

6 — Sanjar Quvvatov — Darvozabon

Bilamizki, Quvvatov uzoq yillardan beri O‘zbekiston Superligasida harakat qiladi. Endi u Vodiy tomon safar qildi. Quvvatov farg‘onaliklar safiga borib qo‘shilishidan avval “Paxtakor” sharafini himoya qildi. U o‘tgan mavsumda 20 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 19ta gol olib chiqdi.

Rasman! Sanjar Quvvatov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi

Ma’lumot uchun, Quvvatov 1990 yil Kasbi tumanida tug‘ilgan. U faoliyati davomida “Mash’al”, “Nasaf” hamda “Paxtakor” sharafini himoya qilgan va 188 o‘yinda ishtirok etgan.

7 — Jaloliddin Jumaboyev — Himoyachi

Jumaboyev o‘tgan mavsumda “Lokomotiv” safida harakat qildi va “temiryo‘lchilar”ning Superligaga qaytishiga katta hissa qo‘shdi. U “Loko” safida 18 o‘yinda ishtirok etib, 3ta gol urishga erishgan.

Jaloliddin Jumaboyev "Neftchi" futbolchisiga aylandi

Ma’lumot uchun, “Neftchi” ushbu tajribali himoyachi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Jumaboyev 2000 yil Toshkent shahrida tugilgan. U professional faoliyati davomida “Lokomotiv” safida harakat qilgan va 71 o‘yinda ishtirok etib, 5ta gol urishga erishgan.

8 — Botirali Ergashev — Darvozabon

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblangan Botirali Ergashev “Neftchi” safiga qo‘shilishidan avval OKMK jamoasida to‘p tepdi. U o‘tgan mavsumda olmaliqliklar safida 18 o‘yinda ishtirok etgan.

Ergashev yangi mavsumda “Neftchi”ning asosiy darvozaboni bo‘lishi kutilmoqda. Chunki u OKMK safida katta tajribaga ega bo‘ldi va milliy terma jamoa yig‘inlarida doimo ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Botirali 1995 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. U faoliyati davomida “Paxtakor”, “Navbahor”, “Dinamo”, “Qo‘qon-1912" hamda OKMK safida harakat qilgan. U to‘p tepgan jamoalari safida umumiy 97 o‘yinda ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Botirali Ergashev 2018 yil Osiyo kubogida U-23 terma jamoamiz bilan chempionlikni tantana qilgan.

9 — Boyan Siger — Himoyachi

“Neftchi” o‘z safiga yana bir himoyachi Boyan Sigerni qo‘shib oldi. Serbiyalik futbolchi avval “Navbahor” safida ham harakat qilgan.

Boyan Siger "Neftchi" futbolchisi!

Ma’lumot uchun, Siger 1994 yil Serbiyada tug‘ilgan. U faoliyati davomida “Indjija”, “Niksich”, “Rad”, “Navbahor” hamda “Kedah Darul Aman” jamoalari safida harakat qilgan. U o‘zi to‘p tepgan jamoalari safida umumiy 157 o‘yinda ishtirok etib, 5ta gol urishga erishgan.

10 — Ketelin Karp — Yarim himoyachi

Himoyada ham harakat qila oladigan bu futbolchi o‘tgan mavsumda Ruminiyaning “UTA-Arad” jamoasida harakat qilgan va 15 o‘yinda ishtirok etib, 2ta gol urushga erishgan.

Ma’lumot uchun, Karp 1993 yil Moldovada tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Dinamo Kiyev-2", “Kluj”, “Steaua”, “Konstanta”, “Ufa”, “Tambov”, “Dinamo B”, “Ufa” hamda “ UTA-Arad” jamoalari sharafini himoya qilgan. Ketelin ushbu jamoalar safida umumiy 202 o‘yinda ishtirok etib, 7ta gol urishga erishgan.

11 — Xurshid Muxtorov — Himoyachi

Muxtorov o‘tgan mavsumda Farg‘onaning boshqa jamoasi “Turon” sharafini himoya qildi. U yaypanliklar safida 21 o‘yinda ishtirok etib, 4ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Xurshid Muxtorov 1994 yil Guliston shahrida tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Qo‘qon-1912", “So‘g‘diyona, “Lokomotiv”, OKMK, “Nasaf”, “Navbahor”, “Lokomotiv” hamda “Turon” jamoalari sharafini himoya qilgan va umumiy 145 o‘yinda ishtirok etib, 8ta gol urishga erishgan.

12 — Husayn Norchayev — Hujumchi

“Neftchi” transferlar oynasida yana bir Olimpiya terma jamoamiz a’zosi Husayn Norchayevni ham o‘z safiga qo‘shib oldi. Norchayev aslida “Alanya” klubi futbolchisi hisoblanadi. Shu sababli farg‘onaliklar yosh iqtidorni bir yillik muddat bilan ijaraga oldi.

Husayn o‘tgan mavsumda Rossiya birinchi ligasida 8 o‘yinda ishtirok etdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Norchayev 2002 yil Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Nasaf” hamda “Alanya jamoalari safida umumiy 84 o‘yinda ishtirok etib, 25ta gol urushga erishgan.

13 — Bahruz Oblaqulov — Hujumchi

Yosh iqtidorli futbolchi “Neftchi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Lekin ushbu futbolchining asosiy jamoada ishtirok etishi so‘roq ostida, chunki yuqorida sanab o‘tganimizdek, farg‘onaliklar bir nechta boshqa hujumchilar bilan ham shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, Oblaqulov o‘tgan mavsumda “Mash’al” U-19 jamoasi safida 29ta gol urib, mavsum to‘purariga aylangan edi.

14 — Effiong Nsungusi — Hujumchi

“Neftchi”ning eng katta transferlaridan biri bu nigeriyalik hujumchi Effiong Nsungusi bo‘ldi. Effiong o‘tgan mavsumda Qozog‘istonning “Aturay” safida harakat qilgan va 7ta gol urishga erishgan.

Ma’lumot uchun, Effiong Nsungusi 1999 yil Nigeriyada tug‘ilgan. U faoliyati davomida “Inter Allies”, “HB Koge”, hamda “Aturay” jamoalari safida harakat qilgan. Effiong ushbu jamoalar safida umumiy 102 o‘yinda ishtirok etib, 21ta gol urishga erishgan.

Ko‘rinib turibdiki, “Neftchi” jamoasi yangi mavsum uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Buni amalga oshirilgan transferlardan ham sezish mumkin. Farg‘onaliklar yangi mavsum oldidan 14 nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olgan. Bundan tashqari, yana bir nechta futbolchilar bilan shartnomalar uzaytirildi.

Yangi kelgan futbolchilarga joy ajratish maqsadida ko‘plab futbolchilar bilan ham shartnomalar bekor qilindi.

Xabaringiz bor, Vitaliy Levchenko o‘tgan mavsumda Superliganing “Eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan edi. Biroq, uning jamoasi so‘ngi turlardagi pasayish evaziga yuqori o‘rinlardan quruq qolgan.

Shu sababli ushbu murabbiy o‘tgan mavsumdagi xatolarni takrorlamaslik uchun ko‘plab yangi futbolchilarni jamoaga olib keldi. Ko‘ramiz! “Neftchi” yangi mavsumda qanday natija qayd eta olar ekan?

Manba: std.uz
Kiritildi: 08:00, 28.02.2024.
O'qildi: 2531 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.