Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Samvel Babayan: "Hamrobekov bilan ishlashni anchadan buyon orzu qilardim"

Samvel Babayan: "Hamrobekov bilan ishlashni anchadan buyon orzu qilardim"

Baho:
+ | -

Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan dastlabki o‘yindagi g‘alaba, raqib va jamoaga yangi kelgan o‘yinchilar haqida fikr bildirdi.

"O‘yinni to‘lalilicha nazorat qildik. Dastlabki soniyalardan to oxirigacha ustunlikni saqlab turdik. Vaziyatlardan foydalanganimizda birinchi taymning o‘zidayoq o‘yinni o‘z foydamizga hal etish mumkin edi. Futbolchilarim bugun nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishdi.

Raqib haqida nima deyman, ularga respekt. Bilishimcha, bu jamoa xususiy mablag‘lar evaziga shakllantirilib kelmoqda. Aksionerlarga rahmat, boisi, bugun futbolga mablag‘ topish murakkab ish. Shunday sharoitda ularni moliyalashtirib kelayotganlarga rahmat.

Haqnazari rejamiz asosida harakat qilganini ayta olaman. U ko‘rsatmalarni to‘liq bajara oldi. Shunchaki, maydonga yangi kuch tashlash maqsadida Jiyanovni tushirdik. U tushishi bilan jamoa 2-3 daqiqada bir necha golli vaziyatlar yaratdi.

Bu Odil uchun yangi jamoa. Muxlislari ancha ko‘p jamoa sharafini himoya qilayapti. Bu ham o‘z navbatida uning faoliyatiga yaxshigina turtki deyish mumkin. Odil darajasi yuqori futbolchi. Bunday futbolchi bilan ishlash har qanday mutaxassis uchun orzu bo‘lsa kerak. Ochig‘i, anchadan buyon u bilan ishlashni orzu qilardim. Avvallari ayrim sabablarga ko‘ra bu amalga oshmagan edi. Hozir esa u jamoamiz futbolchisi. O‘ylashimcha, uning o‘zi ham bu jamoada ekanidan xursand.

Hozir ayrim futbolchilar endigina birgalikda o‘ynashni boshlashdi. Havotir bor. Ammo, umid qilamanki, bu mashg‘ulotlar jarayonida sayqallanadi. Navbahor’da kim asosiy tarkibda o‘ynashi muhim emas, asosiysi kim o‘ynasa ham jamoaga foyda keltirishi kerak". - dedi Babayan.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 01:07, 02.03.2024.
O'qildi: 1097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик