Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi: “Xavotir yo‘q, lekin bepisandlik bilan yondashishimiz ham mumkinmas”

O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi: “Xavotir yo‘q, lekin bepisandlik bilan yondashishimiz ham mumkinmas”

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida Gongkongga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 26-mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz barchamiz terma jamoaga ishonamiz, butun o‘zbek xalqi ham jamoaga ishonadi. Ertaga kerakli natija uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirishga harakat qilamiz.

Birinchi o‘yinda yaxshi o‘yin ko‘rsata oldik, umid qilamanki, ertaga ham g‘alaba qozonamiz. Raqiblarimizni hurmat qilamiz. Xavotir yo‘q, lekin bepisandlik bilan yondashishimiz ham mumkinmas.

Bizda qisqa muddat ichida bir jamoaga qarshi o‘ynash tajribasi bo‘lmagandi. Lekin motivasiyaga bog‘liq hammasi. Biroq motivasiya keragidan ortiq bo‘lsa qo‘shimcha bosim ham bo‘lishi mumkin. Me’yorida kerak bo‘ladi.

Albatta, biz Katanes bilan doimiy aloqadamiz. Ketishidan oldin ham o‘yinni tashkil etish yuzasidan gaplashib olgandik. Ertaga ham to‘liq aloqada bo‘lib, maslahatlashib turamiz.

4 ta himoyachi yoki 5 ta himoyachi bilan o‘ynashda qanot futbolchilarining funksiyasi biroz boshqacharoq. Bizning rejaga ko‘ra, Aziz himoyada ham, hujumda ham, yarim himoyada ham faol ishtirok etadi.

Ertaga bosh murabbiy bilan qanday taktikada o‘ynash haqida gaplashib olamiz", dedi Vlado Radmanovich.

Kiritildi: 16:10, 25.03.2024.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.