"Bavariya" darvozaboni Sven Ulrayx Manuel Noyerning jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi.
Myunxenliklar sardori yaqindagina Dortmundning «Borussiya»siga qarshi o‘yinda ishtirok etmadi va uning o‘rnini egallagan Ulrayx jamoasini o‘z maydonidagi mag‘lubiyatdan (0:2) qutqara olmadi.
"Noyerning vorisi qidirilmoqdami? Manueldek darvozabonni almashtirib bo‘lmaydi. U afsona, ajoyib futbolchi.
Ammo ertami-kechmi bu darajaga yaqinlasha oladigan odam topiladi", - dedi "Bavariya"ning 35 yoshli zaxira posboni.