Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Niko Uilyams: "Men faqat Inyakining akasi sifatida baholanganman, lekin hozir men o‘zim uchun nom qozonyapman"

Niko Uilyams: "Men faqat Inyakining akasi sifatida baholanganman, lekin hozir men o‘zim uchun nom qozonyapman"

Baho:
+ | -

Bilbaoning "Atletik" klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams 2023/2024 yilgi mavsumda Ispaniya Kubogidagi g‘alabadan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men bu lahzani ko‘p marta orzu qilganman. O‘tgan yili Kubok yarim finalida muhim o‘yinda gol urish uchun ikkita imkoniyatga ega bo‘ldim, ammo ulardan foydalana olmadim. Finalga chiqish arafasida edik. Lekin hozir tarix yozganimdan va klubda nom qozonganimdan juda xursandman. Bu g‘alaba muxlislar va mening oilam uchun alohida ahamiyatga ega.

Meni doim omma oldida oddiy Inyakining akasi sifatida ko‘rishardi va oxir-oqibat o‘sha og‘irlikni yelkamdan olib, o‘z nomimga erishaman. Akam uni nima uchun sevishimni biladi. Ammo Oskar de Markos kabi boshqa futbolchilar ham borki, ular ham olqishlarga loyiq", - dedi Uilyams AS bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Bilbaoning "Atletik" klubi 2023/2024 yilgi mavsumda Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan edi. Ernesto Valverde shogirdlari turnir finalida "Malyorka"ni 1:1 (4:2 penaltilar) hisobida mag‘lub etishdi.

Joriy mavsumda vinger "basklar" uchun barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining taxminiy narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 09:16, 08.04.2024.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.