Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rakitich "Barselona" libosidagi eng yomon o‘yinini aytdi

Rakitich "Barselona" libosidagi eng yomon o‘yinini aytdi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich "ko‘k-anorranglilar" libosidagi eng yomon o‘yinini aytdi. Xorvatiyalik futbolchi Chempionlar ligasining 2017/18 yilgi mavsumi javob chorak finalida "Roma"ga qarshi o‘yinni esladi.

Birinchi o‘yinda "Barselona" o‘z maydonida rimliklarni 4:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda "Jiallorossi" kambek qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Italiyaliklar safarda gol urish qoidasidan foydalangan holda yarim finalga yo‘l olishdi.

"Roma"ga qarshi o‘yindagi ko‘p tafsilotlarni eslayman. Men uchun bu eng yomon o‘yin bo‘ldi. Biz g‘alabani raqibga berdik, boshqa aytadigan gap yo‘q. Agar siz 100% diqqatni jalb qilmasangiz, bu sodir bo‘ladi. Bu bizning aybimiz", - deya Rakitichning so‘zlarini keltirgan Jijantes.

Kiritildi: 13:44, 13.04.2024.
O'qildi: 1870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.