Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pioli: "G‘alaba qozonish juda muhim edi"

Pioli: "G‘alaba qozonish juda muhim edi"

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Italiya chempionatining 36-turida "Kalyari"ga qarshi kechgan g‘alabali o‘yin natijalarini sarhisob qildi - 5:1.

"Bu juda muhim g‘alaba, biz uzoq vaqt davomida g‘alaba qozonmaslikka o‘rganmagandik. Yevropa Ligasidan chiqib ketib, derbida mag‘lub bo‘lganimizdan so‘ng qiyin paytga duch keldik, yuzaga kelgan vaziyat tufayli biz uchun qiyin bo‘ldi. G‘alaba qozonish muhim edi", - deya Pioli so‘zlarini keltirmoqda Janluka Di Marsio.

Ushbu bahsda Kristian Pulishich “rossonerilar” safida dubl qayd etdi. Yana bir gol Ismoil Bennaser (36-daqiqa), Tijjani Reynders (74-daqiqa) va Rafael Leau (83-daqiqa) hisobiga yozildi.

“Milan” (74 ochko) A Seriyada ikkinchi o‘rinda. “Kalyari” (33) turnir jadvalida 15-o‘rinda.

Kiritildi: 05:41, 12.05.2024.
O'qildi: 632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик