Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Bekobodda «Metallurg»ni mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Bekobodda «Metallurg»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

FIFA kunlarida Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan «Dinamo» jamoasi «Metallurg» klubi mehmoni bo‘ldi.

Bekoboddagi markaziy stadionda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Qirg‘iziston milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan Kojo Joel va O‘zbekiston olimpiya jamoasida bo‘lgan Odilbek Abdumajidov ishtirok etmadi.

O‘yinni hujumkor boshlagan «dinamochilar» 12-daqiqada hisobni ochishdi. Iminovning uzatmasidan keyin Emmanuel Yagr «Metallurg» darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.

35-daqiqaga kelib mezbonlar Marko Milichkovichning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda murabbiylar shtabi bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urgach, bu samarasini berdi. Zaxiradan maydonga tushgan Abubakr Muydinov 75-daqiqada to‘pni darvozabon ustidan oshirib, chiroyli gol muallifiga aylandi – 2:1.

Shu tariqa, «Dinamo» o‘rtoqlik o‘yinida Bekobodda «Metallurg»ni mag‘lub etdi. Jamoamiz navbatdagi bahsda 13 iyun kuni «Olimpik»ga qarshi Superliganing qoldirilgan o‘yinida maydonga tushadi.

O‘rtoqlik o‘yini. 8 iyun (shanba)
«Metallurg» - «Dinamo» – 1:2
Gollar: Marko Milichkovich 35 – Emmanuel Yagr 12, Abubakr Muydinov 75.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Artyom Sokol, Salim Mustafoyev, Ulug‘bek Abdullayev, Fransis Narh, Ferreyra Ratinyo, Humoyunmirzo Iminov, Sanjar Shoahmedov, Farrux Ikromov, Anvar Hojimirzayev, Emmanuel Yagr.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Farhod Rahmatov, Muhammadbobur Asadullayev, Anvarjon Fayzullayev, Xislat Xalilov, Vladimir Kozak, Damir Temirov, Boburbek Yorbekov, Abubakr Muydinov, Bahodir Nasimov, Xurshedbek Ubaydullayev, Dushan Miyich.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:17, 08.06.2024.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.