Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Rustam Xo‘jayev: «Navbahor» bu yil chempion bo‘lishga loyiq»

Rustam Xo‘jayev: «Navbahor» bu yil chempion bo‘lishga loyiq»

Baho:
+ | -

Ma’lumot berganimizdek, “Navbahor” 9 iyun kuni Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Mazkur o‘yindan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Rustam Xo‘jayev "Navbahor" rasmiy sayti uchun maxsus intervyu berdi.

Odatdagidek, “Xo‘jand” ustozi o‘z so‘zini bellashuv borasidagi fikrlari bilan boshladi.

— Avvalo jamoamizni mazkur xalqaro o‘rtoqlik uchrashuviga taklif etganligi va mehmondo‘stlik uchun “Navbahor” klubi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Biz ushbu taklifdan juda xursand bo‘ldik hamda “Navbahor”ning ham kelgusida Tojikistonga tashrif uyushtirishi, bizning muxlislar ham xalqaro o‘rtoqlik o‘yinidan bahramand bo‘lishlarini  tilab qolaman.

Bellashuv borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, uchrashuv juda yaxshi va qiziqarli tarzda kechdi. Jamoamizning o‘yiniga baho beradigan bo‘lsam, yigitlar kelgusida milliy chempionatimizdagi bahslarda tajriba bo‘lishi uchun bugungi o‘yin uchun berilgan ko‘rsatmalarni yaxshi bajarishdi.

Raqib borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, “Navbahor” O‘zbekiston chempionatining yetakchi jamoalaridan biri. To‘g‘ri, namanganliklarning bugungi tarkibida O‘zbekiston terma jamoalariga jalb etilishgani bois, ayrim yetakchi futbolchilar yo‘q edi. Shunday bo‘lsada, biz “Navbahor” klubi taklifini xursandchilik bilan qabul qildik. Boisi, mazkur bellashuv jamoamiz uchun juda foydali bo‘ldi va futbolchilarga tajriba to‘plash imkoniyatini berdi.

Mazkur o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan har ikki jamoaning o‘z maqsadlari bor. Uchrashuv natijasi qanday yakunlanganligidan qat’iy nazar, biz o‘zimiz uchun mazkur o‘yinda uchun kerakli foydani oldik.

— Shogirdlaringiz bugun “Navbahor”ga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishdi va maydonda o‘zgacha ishtiyoqda to‘p tepishdi. Bu mazkur o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgani bilan bog‘liqmi?

— Ta’kidlaganimdek, mezbonlar tarkibidagi bir qator yetakchi o‘yinchilar terma jamoalarga chaqirilishgani, shuningdek, jarohatlar bois, “Navbahor”ning bugungi tarkibi mukammal ko‘rinish olmagandi.

O‘z navbatida, jamoamizdagi 3-4 nafar legionerimiz ham bugungi o‘yinga kela olmadi. Albatta, biz “Navbahor”ning qanday kuchga ega ekanligini bilardik va ushbu bahsga tayyorgarlik ham shunga yarasha bo‘ldi.

Maydon egalarining qanday o‘yin namoyish etishgani esa o‘zlariga havola. Biz esa har bir o‘rtoqlik uchrashuvida jamoamizning ijobiy va salbiy taraflarini ko‘rib olamiz.

“Navbahor”ning o‘yinini bilamiz. Jamoa futbolchilari yaxshi o‘yin namoyish etishadi hamda to‘p nazorati borasida ustunlar. Bundan tashqari, standart vaziyatlardan ham mohirlik bilan foydalana oladilar.

Ammo shogirdlarim bugun “Navbahor” a’zolariga o‘z kuchlaridan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini berishmadi.

— O‘zbekiston Superligasi bahslarini kuzatib borasizmi?

— Albatta, O‘zbekiston bizning yaqin yon qo‘shnimiz va mamlakatingiz milliy chempionati o‘yinlarini kuzatib boraman. O‘zbekiston Superligasi jamoalarida ko‘plab tojikistonlik futbolchilar o‘ynashadi, shuningdek, hamyurtlarimiz bo‘lgan murabbiylar ham faoliyat olib borishadi. O‘zbekiston milliy chempionati o‘yinlaridan o‘zimiz uchun foydali ma’lumotlar olamiz.

— “Navbahor”ning joriy mavsumdagi imkoniyatlari borasida nima deya olasiz?

— Menimcha, “Navbahor” bu yil chempion bo‘lishga loyiq. Chunki biz namanganliklar ishtirokidagi bahslarni kuzatib boramiz. Jamoa juda yaxshi o‘yin namoyish etmoqda.

Shuningdek, “Neftchi” va “Andijon” jamoalari ham yaxshi o‘ynamoqda. Umuman olganda, bu yil Superliga o‘yinlari ancha qiziqarli tarzda kechmoqda. “Navbahor” yaxshi shakllangan hamda o‘z maqsadi yo‘lida dadil odimlayotgan jamoa. Biroq ayrim bellashuvlarda durang natijalar qayd etilib, ochkolar boy berildi. Shunga qaramay, barchasi jamoaning o‘z qo‘lida.“Navbahor” o‘tgan mavsumda ham chempionlikka juda yaqin kelgandi. Faqat so‘nggi bahslardagi omadsizlik jamoaga pand bergandi. Bu yil esa oldinda hali bahslar ko‘p. Takrorlayman, “Navbahor” juda yaxshi va qiziqarli o‘yin namoyish etadigan jamoa hamda barchasi “Navbahor”ning o‘ziga bog‘liq va bu yil jamoa chempionlik unvonini qo‘lga kiritishi mumkin.

— “Navbahor” tarkibidagi qaysi futbolchilarni e’tirof etasiz?
— Namanganliklar tarkibida ko‘plab kuchli legionerlar bor, ayniqsa, bolqonliklar yaxshi o‘yin namoyish etishmoqda.

O‘tkir Yusupov, Jamshid Iskanderov va Ruslanbek Jiyanovning o‘yinlari ham menga yoqadi. Umuman olganda, “Navbahor” tarkibida mahoratli futbolchilar ko‘p va ulardan ko‘pchiligini e’tirof etish mumkin. Jamoaning o‘z o‘yin falsafasi borligini ham e’tirof etsa bo‘ladi.

“Navbahor”ga keyingi uchrashuvlarda omad yor bo‘lishini tilayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:11, 10.06.2024.
O'qildi: 1692 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.