Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda

Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda

Baho:
+ | -

Yurtimiz sport tarixidagi muhim musobaqa — futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga qisqa muddat qolmoqda. Mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgalik jarayoni ayni kunga kelib qizg‘in pallaga kirdi.

Bugun O‘FA rahbariyati Buxoro viloyatidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ma’lumki, Buxorodagi «Universal» sport majmuasi Futzal bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichida Fransiya, Braziliya, Xorvatiya, Niderlandiya, Gvatemala, Venesuela, Eron, Paragvay, Kuba va Tailand singari nomdir jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarni, shuningdek, play-off o‘yinlarini o‘zida qabul qiladi.

Buxoro viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Botir Zaripov, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov hamda Vazirlar Mahkamasi sport masalalari mas’uli Rashid Talipov boshchiligidagi ishchi guruh «Universal» sport majmuasi, maydoni, jamoalarning kiyim almashtirish xonalari, media markaz, tashkiliy-ma’muriy ob’ektlar va mashg‘ulot zallarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish hamda FIFA standartiga muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘rgandi.

OAV, muxlislar va tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish yuzasidan keyingi rejalar belgilandi. Ishtirokchi jamoalar joylashadigan mehmonxonalar o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, inspeksiya davomida Buxoro mezbonlik qiladigan FIFA Jahon chempionatini o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha navbatdagi ishlar muhokama qilindi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:40, 13.06.2024.
O'qildi: 987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.