Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal bu reytingda Palmer va Bellingem kabi yulduzlarni ortda qoldirdi

Yamal bu reytingda Palmer va Bellingem kabi yulduzlarni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal navbatdagi reytingda bir qator yulduz futbolchilarni ortda qoldirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 16 yoshli o‘sib borayotgan yulduzning transfer qiymati so‘nggi bir yil ichida 0 dan 90 million yevrogacha oshgan. Eng qimmat ikkinchi o‘rinni o‘tgan yozda "Manchester Siti"dan "Chelsi"ga o‘tgan Koul Palmer egalladi - inglizning narxi 65 million yevroga (15 milliondan 80 millionga) oshdi. Uchinchi o‘rinda “Real”dan Jud Bellingem – 60 million yevro (bir yil avvalgi 120 milliondan 180 million).

Kuchli beshlikdan Viktor Dyokeresh (“Sporting Lissabon”, +52 million) va Kobbi Maynu (“Manchester Yunayted”, +49,2 million) ham joy oldi.

Kiritildi: 05:16, 14.06.2024.
O'qildi: 1909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.