Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Vadim Abramov: «Bunday o‘yin bilan mag‘lub bo‘lmasligimiz kerak edi»

Vadim Abramov: «Bunday o‘yin bilan mag‘lub bo‘lmasligimiz kerak edi»

Baho:
+ | -

Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Dinamo" – "Olimpik" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Nima ham derdim, bellashuv biz uchun omadsiz ko‘rinish oldi. Ilk daqiqalardanoq noto‘g‘ri o‘ynadik. Ularga moslashishga harakat qildik. Aslida, bunday o‘yin bilan yutqazmasligimiz kerak edi, biroq qo‘pol xato sababli engildik. Har qanday, seriya bir kun kelib yakuniga etadi. Afsuski, bizni mag‘lubiyatsiz seriyamiz tugadi.

Transfer taqiqi? Menimcha bu muammo hal etiladi. To‘g‘risi, nega bizga taqiq qo‘yilganini bilmayman. Umuman olganda, bu boshqa tarix. Xabaringiz bor, bugun ikkita markaziy himoyachimiz sariq kartochkalari ko‘payib ketgani sababli uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Uchinchi markaziy himoyachimiz esa, o‘rinbosarlar o‘yinida qizil kartochka olgani sababli bugun maydonda jamoaga yordam bera olmadi. Mana nimada muammo. 3 ta markaziy himoyachimiz kartochkalar sababli mazkur qarama-qarshilikni o‘tkazib yubordi. Umid qilamanki, tarkibni yozda yanada kuchaytiramiz.

Darvozabonlar bilan hech qanday muammo yo‘q. Aslida, bizning muammo boshqa. Bugun noto‘g‘ri o‘ynadik. Aynan shu sababli muammolarga o‘ralashib qolgandek taassurot qoldirgan bo‘lishimiz mumkin. Bunga qadar 9 o‘yinda barchasini ko‘rdingiz. Biz yomon harakat qilmadik. Bu futbol. 2 ta qo‘pol xato hal qildi. Futbolni qo‘rqmasdan o‘ynash kerak. Bu jamoaviy sport turi. E’tibor qiling, biz bahs davomida nechta noaniq pas ijro etdik. Bu o‘z kuchiga ishonchsizlikdan dalolatmi deb o‘ylab qoldim", — dedi Abramov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:50, 14.06.2024.
O'qildi: 1208 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.