Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vesko Steshevich: «Afsuski, g‘alaba qozona olmadik»

Vesko Steshevich: «Afsuski, g‘alaba qozona olmadik»

Baho:
+ | -

Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz bugun "Bunyodkor"ni shu tarkibi bilan ham maydonda oldinga qarab harakat qilishini kutmagan edik. Raqib o‘yindan oldin tarkib va sxemani almashtirgani sababli, biz ularga javob qaytara olmadik. Shu bois, ilk 45 daqiqalikda "Bunyodkor" bizdan kuchliroq ko‘rindi. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib oldik va o‘yinga moslashdik. Ustunlikni o‘z qo‘limizga oldik. Afsuski, yaratilgan vaziyatlardan yana foydalana olmadik. Afsuski, g‘alaba qozonmadik.

Boban Jorjevichning ketishi haqida hozir bu haqida fikr bildirishni istamayman. Rahbariyat bilan bu masalada so‘zlashdik va ular bilan kelishgan holda futbolchi bilan shartnomani bekor qildik. Ayni damda, bundan ortiq hech narsa ayta olmayman.

Yozgi tanaffusga qadar bizni chempionatda 3 ta, kubokda bitta o‘yin kutib turibdi. 4 ta bahs bu ko‘p. Hozir, biror narsa deya olmayman. Vaqti kelganda, albatta o‘ylab ko‘ramiz.

Nimelining "Metallurg"ga kelishi? Men, buni qanchalar haqiqatga yaqin ekanligini bilmayman. Bu haqida ham hozir nimadir deyishim qiyin. Balki, futbolchining agentlari bu ma’lumotni OAVga sizdirgandir. Shunday ekan, batafsil bu mavzuda menda ma’lumot yo‘q", — dedi Steshevich.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:11, 15.06.2024.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик