Kristian Eriksen Daniya terma jamoasi tarixidagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
16 iyun kuni u Yevro guruh bosqichida Sloveniya bilan o‘yinda gol urdi. "Opta" ma’lumotlariga ko‘ra, bu vaqtda u 32 yoshu 123 kunlik edi.
Eriksen Yevro-2020 doirasida Finlyandiya bilan o‘yinda yurak xurujidan 1100 kun o‘tib, 2024 yilgi Yevropa chempionatida gol urdi.