UEFA Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionati 1-turi doirasida Angliya bilan o‘yindan so‘ng Serbiya terma jamoasiga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atdi.
Serbiya terma jamoasiga quyidagi ayblovlar qo‘yiladi: “buyumlarni uloqtirish” va “sport tadbiriga mos kelmaydigan provokasion xabarni uzatish”.
UEFA axloq va intizom bo‘yicha xodimi "kamsituvchi xatti-harakatlar" bo‘yicha intizomiy tekshiruv o‘tkazadi.