Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Samarqanddagi futbol uchrashuviga chiptalar majburiy sotilayotgani rad etildi

Samarqanddagi futbol uchrashuviga chiptalar majburiy sotilayotgani rad etildi

Baho:
+ | -

Samarqandning “Dinamo” jamoasi maydoni futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor emasligi bois, yangi mavsumda Superliga bahslarini Jizzaxdagi stadionda o‘tkazdi.

PFL matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, maydon hozirda shay holatga keltirilgan va test tariqasida Superliga doirasidan o‘rin olgan “Dinamo” — “Andijon” uchrashuvini qabul qiladi. Maydonning qanchalik tayyor ekanligi va uning kelgusi parvarishi borasidagi rejalar “Andijon” bilan o‘yindan keyin yana bir karra aniqlashtirib olinadi.

“Daryo”ga kelgan murojaatga ko‘ra “Dinamo” klubi Samarqandga qaytishi munosabati bilan talabalar, byudjet tashkilotlariga 100 tadan chipta sotib olishi uchun 2 million so‘mdan yig‘ish bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov Zoom platformasi orqali yig‘ilish davomida ko‘rsatma bergan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayevning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha hokimlik tomonidan bunday topshiriq berilmagan.

“Bunday topshiriq bo‘lmagan, chiptalar kassada sotilmoqda”, — deydi viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari.

Ma’lumot uchun, “Dinamo” hamda “Andijon” klublari o‘rtasidagi uchrashuv 22 iyun kuni 20:00 da boshlanadi. “Dinamo” futbol klubi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, o‘yin uchun chiptalar 20 ming so‘mdan sotilmoqda. CIP toifasidagi markaziy sektor uchun chipta narxi esa 30 ming so‘mni tashkil qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:28, 20.06.2024.
O'qildi: 1250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.