Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Maksim Shaskix: «Penalti juda kulguli»

Maksim Shaskix: «Penalti juda kulguli»

Baho:
+ | -

Superliga 12-turidan o‘rin olgan OKMK – "Paxtakor" (4:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yinni ko‘rdingiz. 6 ta gol ko‘rdik. Muxlislarga yoqdi. OKMK ishqibozlari xursand bo‘lib ortga qaytdi, ammo o‘zimizni muxlislarni xursand qila olmadik. Afsuski, mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Xatolarimiz sababli o‘zimizga-o‘zimiz olib keldik. Hamma raqib ham buni kechiravermaydi. Yoshlar bilan stabillik namoyish etish qiyin. Xatolar ustida ishlashda davom etamiz.

O‘rinboyev hozircha qaydnomada yo‘q. Yozgi transfer oynasi ochilgach, uni safimizga qo‘shishimiz mumkin.

Biz chekinmadik. O‘yinda davom etdik. OKMK ko‘proq bosim qildi. Ayrim futbolchilarga ko‘rsatmalarni yetkazib berishni imkoni bo‘lmayapti. Yana ayrimlari o‘ziga begona bo‘lgan pozisiyada to‘p surmoqda. Buni ham o‘rganish lozim. Masalan Behruz Asqarov chap qanotga o‘tdi. Afsuski, bu zonada bizda boshqa futbolchi yo‘q. Har safar shogirdlariingizga nima istayotganini tushuntirib bo‘lmaydi.

Penalti juda kulguli. Tushunamiz, ular yoshlar, ammo aynan ular xato qilmasligi kerak. Mayli, Rasul 4-golda xato qildi, biroq 19 yoshli futbolchi uchun yomon ko‘rinmayapti. Hojiakbar maydonga chiqdi va futbolni sog‘ingani sezildi. Tushunaman, futbolchilar tezroq maydonga qaytishni istaydi, ammo shifokorlar ko‘rsatmasi bor. Biz shundoq ham, ularni hammasiga rioya qilmayapmiz. 3-4 mashg‘ulotda ishtirok etib birdaniga yana maydonda mo‘’jiza ko‘rsatishni imkoni yo‘q. Buni jismonan va ruhan imkoni yo‘q. Yarim mavsumni o‘tkazib yubordi ular. Atigi 2-3 mashg‘ulotni o‘zi yetarli emas. Ular tayyor emas. Shu sababli, ularni o‘yinlarda sekin-asta zaxiradan jangga tashlab, o‘yin tonusiga kirib olishini ta’minlayapmiz", — dedi Shaskix.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:45, 22.06.2024.
O'qildi: 1596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик