Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Mirjalol Qosimov: «Chempionlik uchun tarkibni kuchaytirishimiz kerak»

Mirjalol Qosimov: «Chempionlik uchun tarkibni kuchaytirishimiz kerak»

Baho:
+ | -

Superliga 12-turidan o‘rin olgan OKMK – "Paxtakor" (4:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Albatta, xursand qiladigan tomonlari ko‘p o‘yin bo‘ldi. "Paxtakor" nomdor jamoa. Oson bo‘lgani yo‘q, ammo uchrashuv tizgini biz tomonda bo‘ldi. Kiyinish xonasiga yo‘l olish oldidan o‘tkazib yuborgan golimiz bizni sindirib qo‘ymadi. Shogirdlarim oxirigacha kurashishdi. Tomoshabop futbol ko‘rdik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman.

To‘g‘risi, eng yomon ko‘rgan narsam bashorat qilish. Jo‘jani kuzda sanaymiz. Murabbiy har doim ham jamoasidan qoniqmaydi, ammo bunday g‘alabalar kelajakka umid bilan qarash degani. Chempionlik haqida gap borsa, tarkibni kuchaytirish kerakligini aytishim mumkin. Avvalo, ishqibozlar uchun chiroyli o‘yin namoyish etishimiz kerak. Ishdan keyin ular ortga xursand bo‘lib ketishi kerak. Ishlashda davom etsak, natija o‘zi keladi.

Yil boshida jismoniy tayyorgarlikka ko‘p narsa bog‘liq. "Bunyodkor"da ishlagan paytimizga ham e’tibor qilsangiz, bu ishni uddalaganmiz. Futboldagi gollar jamoalarning jismoniy xolatiga bog‘liq. OKMKda ham shuni qo‘llashga harakat qilamiz. Hozir bu g‘alabalardan faxrlanib ketishning keragi yo‘q. Hozir, "Qizilqum" bilan bahsga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

To‘g‘risi, hozir bu oson ish emas. Hozir futbolchilar kontrakt bermaguningcha, mashg‘ulotga ham chiqmaslikni o‘rganib olgan. Unga baho berish uchun videodagi harakatlari va statistikasini o‘rganish mumkin xolos. Bu katta tavakkal. Aldamchi hislar bu. Imkon qadar chertib-chertib tanlashga harakat qilamiz.

Sanches sekin-asta o‘yinga qaytmoqda. "Olimpik" bilan bahsda so‘nggi 5 daqiqaga maydonga tushdi. Shohruh Gadoyev ham sekin-asta tarkibga qo‘shiladi. Buni ham hisobga olish kerak. Fikrlar bor, ammo oson emas", — dedi Qosimov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:49, 22.06.2024.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.