Futbol agenti Paulo Barboza portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning 2024 yilgi Yevropa chempionatidagi o‘yini haqida gapirdi.
Barbozaning fikricha, Ronaldu muvaffaqiyatga erishmayapti, u endi u qadar yuqori saviyada gol ura olmaydi, lekin murabbiy uni o‘ynatishda davom etmoqda.
Sloveniya bilan o‘yinda Krishtianu umuman hamma narsani o‘z qo‘liga oldi. U barcha jarima zarbalarini amalga oshirdi, hammasini o‘z zimmasiga olishga harakat qildi", - deya Barbozaning so‘zlarini keltiradi "Sport-Ekspress".